Oqqo‘rg‘on tumani 1-son politexnikumida Toshkent viloyati kasbiy ta’lim tashkilotlarining ishlab chiqarish ta’limi bo‘yicha direktor o‘rinbosarlari va katta ustalar uchun dual ta’lim tizimini rivojlantirishga bag‘ishlangan o‘quv-seminar bo‘lib o‘tdi.
Seminarda dual ta’lim tizimining afzalliklari, uni amaliyotga joriy etishning samarali usullari, ishlab chiqarish ta’limi sifatini oshirish va ish beruvchilar bilan hamkorlikni mustahkamlash masalalari muhokama qilindi.
Tadbir davomida ishtirokchilar dual ta’lim modelining kasbiy ta’limidagi ahamiyati, uning samaradorligi va ta’lim jarayonida innovatsion yondashuvlarni qo‘llash bo‘yicha fikr almashdilar.
Seminar yakunida ishtirokchilarga tegishli tavsiyalar berildi.
Toshkent viloyati OTFIB 



