YANGILIKLAR

Yangiliklar

11-noyabr – O‘zbekiston kasaba uyushmalari kuni

11-noyabr – O‘zbekiston kasaba uyushmalari kuni Bugun mehnatkashlar manfaatlarini himoya qilish, ularning huquq va ijtimoiy kafolatlarini ta’minlash yo‘lida fidokorona xizmat qilayotgan kasaba uyushmalari xodimlari o‘z kasb bayramini nishonlaydi. Kasaba uyushmalari tizimi mamlakatimizda ijtimoiy hamkorlikni mustahkamlash, munosib mehnat sharoitlarini yaratish hamda xodimlar manfaatlarini himoya qilishda muhim o‘rin tutadi. Mehnat jamoalari o‘rtasida birdamlikni mustahkamlash, har bir xodimning huquq va manfaatlarini himoya qilish …

Batafsil

Chirchiq shahar politexnikumida “Bag‘rikenglik” mavzusida “Kelajak soati” tashkil etildi

Chirchiq shahar politexnikumida “Bag‘rikenglik” mavzusida “Kelajak soati” tashkil etildi Yoshlar ongida o‘zaro hurmat, sabr, toqat va turli qarashlarni qabul qilish madaniyatini shakllantirish maqsadida Chirchiq shahar politexnikumida “Bag‘rikenglik” mavzusida navbatdagi “Kelajak soati” darsi o‘tkazildi. Dars davomida o‘quvchilarga bag‘rikenglikning jamiyatdagi o‘rni, millatlararo totuvlik va ahillikni ta’minlashdagi ahamiyati haqida tushuntirishlar berildi. O‘quvchilar fikr almashib, bir-birini tinglash, fikr farqlarini hurmat qilish, bahs-munozaralarda madaniyatli yondashish …

Batafsil

“Afyun balosi” nomli sahna asari namoyish etildi

10-noyabr kuni Yangiyo‘l Agrotexnologiyalar texnikumida Toshkentdagi Muqimiy nomidagi musiqali drama teatri aktyorlari ishtirokida “Afyun balosi” nomli sahna asari namoyish etildi. Spektakl giyohvandlikning inson hayoti va jamiyat uchun qanday halokatli oqibatlarga olib kelishini chuqur ifodalab berdi. Tomosha davomida o‘quvchilar sahnadagi dramatik lahzalar, hayotiy voqealar va ma’noli dialoglar orqali ezgulik va yovuzlik o‘rtasidagi kurashni teran his etdilar.

Batafsil

Toshkent viloyati texnikumlarda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 23-oktabrdagi PF–190-son “Kasbiy ta’lim tizimida boshqaruv samaradorligini oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Farmoni va PQ–316-son “Kasbiy ta’lim tizimida islohotlarni amalga oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risidagi” Qarori mazmun-mohiyatini to`g`risida seminarlar o`tkazilmoqda

Toshkent viloyatidagi texnikumlarda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 23-oktabrdagi PF–190-sonli “Kasbiy ta’lim tizimida boshqaruv samaradorligini oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Farmoni hamda PQ–316-sonli “Kasbiy ta’lim tizimida islohotlarni amalga oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risidagi” Qarori mazmun-mohiyatini pedagogik jamoalarga yetkazish maqsadida seminarlar tashkil etilmoqda. Shu jumladan, Ohangaron tuman 2-son texnikumida ham mazkur hujjatlarning mazmuni va ahamiyatini keng yoritish maqsadida seminar o‘tkazildi. Tadbirda texnikum rahbariyati, o‘qituvchilar hamda mutasaddi …

Batafsil

Davlatimiz rahbari tashabbusi bilan boshlangan “Yashil makon” loyihasi bugungi kunda umummilliy harakatga aylangan

Davlatimiz rahbari tashabbusi bilan boshlangan “Yashil makon” loyihasi bugungi kunda umummilliy harakatga aylangan. Toshkent viloyatining Ohangaron tumanida Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi hamda tizim tashkilotlari jamoasi tomonidan “Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasida keng ko‘lamli hashar o‘tkazildi.           Tadbir davomida asosiy yo‘l yoqalariga 1800 tupga yaqin manzarali daraxt ko‘chatlari ekildi. Ekologik tashabbus erta tongdan xodimlarning faolligi …

Batafsil

Erta tug‘ruq va erta homiladorlikning oldini olish – qizlar salomatligi e’tiborda

Erta tug‘ruq va erta homiladorlikning oldini olish – qizlar salomatligi e’tiborda Chirchiq shahar politexnikumida o‘quvchi qizlar o‘rtasida erta tug‘ruq va erta homiladorlikning salbiy oqibatlarini oldini olish maqsadida poliklinika shifokorlari ishtirokida davra suhbatlari va tibbiy ko‘riklar muntazam o‘tkazib kelinmoqda. Davra suhbati davomida shifokorlar tomonidan qizlarga reproduktiv salomatlik, gigiyena qoidalari, mas’uliyatli qaror qabul qilishning ahamiyati bo‘yicha batafsil tushuntirishlar berildi. Tadbir jarayonida tarqatma …

Batafsil

“Barkamol avlod” sport musobaqasi bo‘lib o‘tdi

“Barkamol avlod” sport musobaqasi bo‘lib o‘tdi. Yuqorichirchiq tumanida Toshkent viloyatidagi kasbiy ta’lim muassasalari o‘quvchilari o‘rtasida “Barkamol avlod” sport musobaqasi qizg‘in tarzda bo‘lib o‘tdi. Mazkur musobaqaning asosiy maqsadi yoshlarni sog‘lom turmush tarziga yo‘naltirish, ularning jismoniy faolligini oshirish hamda sport orqali do‘stlik va hamjihatlikni mustahkamlashdan iborat. Bellashuvlar sportning turli yo‘nalishlarida — badminton, dzyudo, shuningdek 100, 1500 va 3000 metr masofalarga yugurish bo‘yicha …

Batafsil

Malaka oshirishda eng yaxshi natija ko‘rsatgan 50 nafar texnikum pedagogi xorijga yuboriladi

Malaka oshirishda eng yaxshi natija ko‘rsatgan 50 nafar texnikum pedagogi xorijga yuboriladi Prezidentning PQ–316-son qaroriga (https://www.lex.uz/uz/docs/-7793420) ko‘ra, texnikumlar pedagoglari malakasini oshirishning quyidagi tartibi belgilandi: ➖ umumta’lim fanlari o‘qituvchilarining malakasi A. Avloniy nomidagi Pedagogik mahorat milliy instituti hamda hududiy pedagogik mahorat markazlarida; ➖ maxsus fan o‘qituvchilarining malakasi yetakchi oliy ta’lim tashkilotlarida; ➖ ishlab chiqarish ta’limi ustalarining malakasi hududiy ilg‘or kasbiy mahorat …

Batafsil

В Москве состоялся Международный форум иностранных выпускников советских и российских вузов.

В период с 28 по 30 октября 2025 года в Москве состоялся Международный форум иностранных выпускников советских и российских вузов. Мероприятие, было  приурочено  к 100-летию института народной дипломатии. Организаторами форума выступили Министерство науки и высшего образования РФ и Всемирная ассоциация выпускников высших учебных заведений – членская организация Национального Совета. Цель форума — объединить представителей академического сообщества, сферы образования и иностранных …

Batafsil

Kasbiy ta`limda xalqaro hamkorlik

Ayni kunlarda Toshkent viloyati Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar boshqarmasi boshlig‘i N. Kulbekova va Bekobod shahar texnikumi direktori hamda ikki nafar o’qituvchilar Xitoyning Jilin shahrida xizmat safarida bo‘lib turishibdi.             Tashrif doirasida Bekobod shahar politexnikumi va Xitoyning Shimoliy-Sharqiy Elektr Energetikasi Universiteti (NEEPU) o‘rtasida sun’iy intellekt va zamonaviy texnologiyalar yo‘nalishida hamkorlikni kengaytirish, shuningdek, bilim va tajriba …

Batafsil

Toshkent viloyati texnikumlarda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 23-oktabrdagi PF–190-son “Kasbiy ta’lim tizimida boshqaruv samaradorligini oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Farmoni va PQ–316-son “Kasbiy ta’lim tizimida islohotlarni amalga oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risidagi” Qarori yuzasidan seminarlar o`tkazilmoqda

Toshkent viloyatidagi texnikumlarda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 23-oktabrdagi PF–190-son “Kasbiy ta’lim tizimida boshqaruv samaradorligini oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Farmoni hamda PQ–316-son “Kasbiy ta’lim tizimida islohotlarni amalga oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risidagi” Qarori mazmun-mohiyatini pedagogik jamoalarga yetkazish maqsadida seminarlar tashkil etilmoqda. Shu jumladan, Angren texnologiyalar texnikumida ham mazkur hujjatlarning mazmuni va ahamiyatini keng yoritish maqsadida seminar o‘tkazildi. Tadbirda texnikum rahbariyati, o‘qituvchilar hamda mutasaddi xodimlar …

Batafsil

Bitiruvchilarni ishga olgan tadbirkorlarga imtiyozli kreditlar beriladi

Bitiruvchilarni ishga olgan tadbirkorlarga imtiyozli kreditlar beriladi Prezident qarori (328-son, 03.11.2025 y.) bilan “Oliy ta’lim tashkilotlari bitiruvchilarining ishga joylashishiga ko‘maklashish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PQ–61 son qarorga (https://lex.uz/ru/docs/7386917) o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritildi. Qarorga kiritilgan qo‘shimchalarga ko‘ra, oliy ta’lim tashkilotlari bitiruvchilarini ish bilan ta’minlagan tadbirkorlarga 2-yillik imtiyozli davr bilan 7-yil muddatga 5 mlrd so‘mgacha yillik Markaziy bank asosiy stavkasidan 4 foizlik …

Batafsil

Toshkent davlat agrar universiteti Markaziy Osiyo mamlakatlarida qishloq xo‘jaligi yo‘nalishida faoliyat yuritayotgan universitetlar orasida 2-o‘rinni egalladi.

Toshkent davlat agrar universiteti Markaziy Osiyo mamlakatlarida qishloq xo‘jaligi yo‘nalishida faoliyat yuritayotgan universitetlar orasida 2-o‘rinni egalladi. Dunyoning nufuzli Quacquarelli Symonds (QS (https://www.topuniversities.com/asia-university-rankings?countries=uz)) reyting agentligi 2026-yil uchun Osiyo mintaqasidagi eng ilg‘or oliy ta’lim muassasalari reytingini e’lon qildi. Quvonarlisi, Osiyodagi 25 ta mamlakat va ular hududidan 1500 dan ortiq oliygohlar ichida Toshkent davlat agrar universiteti “QS Asia University Rankings – 2026” (https://www.topuniversities.com/asia-university-rankings?countries=uz) natijalariga …

Batafsil

O‘zbekistonning yetakchi oliy ta’lim muassasasi — Toshkent davlat agrar universiteti o‘zining 95 yillik shonli yubileyini keng nishonlamoqda!

O‘zbekistonning yetakchi oliy ta’lim muassasasi — Toshkent davlat agrar universiteti o‘zining 95 yillik shonli yubileyini keng nishonlamoqda! 10–14-noyabr kunlari universitetda ma’naviy-ma’rifiy, ilmiy-amaliy va madaniy tadbirlar haftaligi bo‘lib o‘tadi. Haftalik doirasida quyidagi tadbirlar rejalashtirilgan: ⏩Rektor va bitiruvchilar bilan uchrashuv ⏩»Xon-atlas» festivali ⏩ “Oltin kuz” xalqaro tasviriy san’at ko‘rgazmasi ⏩ 95 yillikka bag‘ishlangan kitob taqdimoti ⏩ “Global iqlim o‘zgarishi sharoitida qishloq xo‘jaligini …

Batafsil