YANGILIKLAR

Yangiliklar

Toshkent viloyati Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar boshqarmasida viloyatdagi kasbiy taʼlimni rivojlantirish masalalariga bag‘ishlangan taqdimot bo‘lib o‘tdi

Toshkent viloyati Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar boshqarmasida viloyatdagi kasbiy taʼlimni rivojlantirish masalalariga bag‘ishlangan taqdimot bo‘lib o‘tdi. Taqdimotda Toshkent viloyati hokimi o‘rinbosari O. Sultonbekov, viloyat Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar boshqarmasi boshlig‘i N. Kulbekova, tuman va shahar hokimlari o‘rinbosarlari hamda kasbiy taʼlim muassasalari direktorlari ishtirok etdi. Ma’sullar taqdimotda kasbiy ta’lim tizimidagi mavjud muammolar, dual ta’limni rivojlantirish, shuningdek korxonalar bilan hamkorlikni …

Batafsil

Bugun, 21-oktabr — “Oʻzbek tili bayrami” kuni munosabati bilan Toshkent viloyatidagi kasbiy taʼlim muassasalarida turli madaniy-maʼrifiy tadbirlar boʻlib oʻtmoqda

Bugun, 21-oktabr — “Oʻzbek tili bayrami” kuni munosabati bilan Toshkent viloyatidagi kasbiy taʼlim muassasalarida turli madaniy-maʼrifiy tadbirlar boʻlib oʻtmoqda. Xususan, Oqqoʻrgʻon tumani 1-son politexnikumida ona tilimizga bagʻishlangan bayram tadbiri tashkil etildi. Unda tuman hokimligi mas’ullari, o‘qituvchilar va ota-onalar ishtirok etdilar. Tadbir davomida o‘zbek tilining boy tarixi, ifoda imkoniyatlari hamda milliy qadriyat sifatidagi o‘rni va ahamiyati haqida so‘z yuritildi. Shuningdek, she’rxonlik, …

Batafsil

21-oktabr — oʻzbek tiliga davlat tili maqomi berilgan kun!

Oʻzbek tili — millat faxri, yurt gʻururi! Bugun, 21-oktabr — oʻzbek tiliga davlat tili maqomi berilgan kun! 1989-yil 21-oktabrda Oʻzbekiston Respublikasining “Davlat tili haqida”gi qonuni qabul qilinib, o‘zbek tili davlat tili maqomiga ega bo‘ldi. Ushbu qonun tilimizning huquqiy asosini belgilab, uni jamiyat hayotining barcha sohalarida qo‘llash imkonini yaratdi. Bu tarixiy sana — butun xalqimiz uchun faxr va gʻurur timsoli, ona …

Batafsil

TALABA – ERTANGI STRATEGIK LIDER” SHIORI OSTIDA SHAXMAT MUSOBAQASI BO‘LIB O‘TDI

TALABA – ERTANGI STRATEGIK LIDER” SHIORI OSTIDA SHAXMAT MUSOBAQASI BO‘LIB O‘TDI Chirchiq shahri, 2025-yil 20-oktabr — M.Auezov nomidagi Janubiy Qozog‘iston universiteti Notijorat Aksiyadorlik Jamiyatining Chirchiq shahridagi O‘zbekiston Respublikasi filial talabalar o‘rtasida “Talaba – ertangi strategik lider” shiori ostida shaxmat musobaqasi tashkil etildi.           Musobaqa yakunida eng yaxshi natijalarni qayd etgan talabalar aniqlanib, ular faxriy diplomlar va …

Batafsil

So‘zi latofatli ijodkor merosiga ehtirom

So‘zi latofatli ijodkor merosiga ehtirom Bo‘stonliq tumanidagi «GREEN HILLS RESORT» dam olish majmuasida O‘zbekiston Qahramoni, Xalq shoiri Erkin Vohidovning betakror ijodini xotirlash va yoshlar o‘rtasida keng targ‘ib etish maqsadida «E Voh — 2025» adabiy festivali bo‘lib o‘tdi. Mazkur anjumanning yurtimizda keng nishonlanayotgan O‘zbek tili bayrami kunlarida o‘tkazilishi bejiz emas. She’riyatimizning asl zargari bo‘lgan shoirning butun ijodi va mehnat faoliyati ona tilimizni asrab-avaylash, …

Batafsil

Kasbiy ta`lim tashkilotlarida har dushanba kuni “Kelajak soati” tadbiri o‘tkazilmoqda

Oqqo‘rg‘on tuman 2-son politexnikumida o‘quvchilar ishtirokida “Kelajak soati” tadbiri o‘tkazildi. Tadbirni politexnikum direktori U.I. Xudaynazarova ochib,                  21-oktabr — O‘zbek tili bayrami munosabati bilan o‘zbek tilining milliy qadri, tarixiy ildizlari hamda uni asrab-avaylash zarurligini ta’kidladi. Shuningdek, Ona tili va adabiyot fani o‘qituvchisi B. Berdimuratova tilning jamiyat hayotidagi o‘rni, uning boy ifoda imkoniyatlari hamda …

Batafsil

Qishloq ayollari — fidoyilik timsollari

Qishloq ayollari — fidoyilik timsollari 2007-yil 18-dekabrda BMT Bosh Assambleyasi 15-oktyabrni “Xalqaro qishloq ayollari kuni” deb e’lon qilgan. Bu sana qishloq ayollarining oila va jamiyat taraqqiyotidagi o‘rnini e’tirof etish ramzidir. Mazkur sana munosabati bilan Toshkent viloyati hokimligi va O‘zbekiston Kasaba uyushmalari Federatsiyasi viloyat Kengashi hamkorligida bayram tadbiri o‘tkazildi. Tadbir Nurafshon shahridagi “Vatanparvar” bog‘ida Zulfiya Zakirova haykali poyiga gulchambar qo‘yish bilan …

Batafsil

Zulfiya nomidagi Davlat mukofotiga nomzodlarning Olmaliq shahar bosqichi o`tkazildi

 Zulfiya nomidagi Davlat mukofotiga nomzodlarning Olmaliq shahar bosqichi o`tkazildi Olmaliq shahar politexnikumi vakili Fayzimurodova Shabnam Zulfiya nomidagi Davlat mukofotiga nomzodlarning Olmaliq shahar bosqichida faol ishtirok etib, faxrli                2-o‘rinni egalladi. Mazkur tanlov yoshlarni ilm-fan, madaniyat, adabiyot va ijtimoiy hayotda faol bo‘lishga undash, shuningdek, ularning iqtidorini yuzaga chiqarish hamda Vatanga sadoqat, milliy qadriyatlarga hurmat ruhida …

Batafsil

Vakant direktor lavozimlari uchun ochiq mustaqil tanlov

Vakant direktor lavozimlari uchun ochiq mustaqil tanlov Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi Toshkent viloyatidagi 11 ta kasbiy ta’lim tashkilotlari vakant direktor lavozimi uchun ochiq mustaqil tanlov e’lon qiladi. Vakant lavozimlar ro‘yxati va talabgorlar tomonidan arizalarni yuborish ➡️ vacancy.edu.uz (https://vacancy.edu.uz/vacancies/) sayti orqali amalga oshiriladi. Hujjatlar 2025-yil 27-oktabr kuniga qadar (shu kuni ham) qabul qilinadi.  

Batafsil

Toshkent viloyati yuridik texnikumi faoliyati o`rganildi

Toshkent viloyati Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar boshqarmasi boshlig‘i N. Kulbekova Yuqori Chirchiq tumanida joylashgan Toshkent viloyati yuridik texnikumida bo‘lib, muassasaning o‘quv binosi, axborot-kutubxona markazi hamda o‘quv-amaliyot xonalarini ko‘zdan kechirdi. Tashrif davomida ta’lim jarayoni, talabalar uchun yaratilgan shart-sharoitlar hamda kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik holati bilan tanishdi. O‘rganish jarayonida aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish, mavjud muammolarga yechim topish hamda ta’lim sifatini yanada oshirish …

Batafsil

Bekobod shahar politexnikumida “Do‘stlik gulxani hech qachon so‘nmasin” nomli tadbir o‘tkazildi

Bekobod shahar politexnikumida yoshlar o‘rtasida, hamjihatlik va tabiatni asrash tuyg‘ularini mustahkamlash maqsadida “Do‘stlik gulxani hech qachon so‘nmasin” nomli tadbir o‘tkazildi. Tadbir boshida ishtirokchilar gulxan atrofida to‘planishdi. O‘quvchilar “Zakovat” o‘yini, “Arqon tortish” musobaqasi va turli sport o‘yinlarida qatnashishdi. Shuningdek, ular qo‘shiqlar aytishdi va birgalikda quvnoq vaqt o‘tkazishdi. Gulxan atrofidagi iliq muhit barchaga yaxshi kayfiyat ulashdi.

Batafsil

2 ta qonunga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish bo‘yicha loyiha regulation.adliya.uz platformasiga muhokama uchun joylandi

2 ta qonunga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish bo‘yicha loyiha regulation.adliya.uz platformasiga muhokama uchun joylandi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 5-maydagi PF–76-son Farmoni bilan tasdiqlangan “Yoʻl xaritasi”ning 17-bandiga muvofiq, ta’lim sohasida amalga oshirilayotgan islohotlardan kelib chiqqan holda tashqi sifat nazoratini tartibga soluvchi amaldagi normativ-huquqiy hujjatlarga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish vazifasi belgilangan. Mazkur topshiriq ijrosini ta’minlash maqsadida Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi …

Batafsil

Президент Шавкат Мирзиёев Тошкент вилоятининг Қуйи Чирчиқ туманидаги “ТСТ Rice” шоличилик кластери фаолияти билан танишди

Президент Шавкат Мирзиёев Тошкент вилоятининг Қуйи Чирчиқ туманидаги “ТСТ Rice” шоличилик кластери фаолияти билан танишди. (https://president.uz/uz/lists/view/8571) — Президент Шавкат Мирзиёев ознакомился  с деятельностью рисоводческого кластера “TСT Rice” в Куйичирчикском районе Ташкентской области.  (https://president.uz/ru/lists/view/8571) Тошкент вилоятида шолидан мўл ҳосил етиштирилди 15.10.2025 Президент Шавкат Мирзиёев Тошкент вилоятининг Қуйи Чирчиқ туманидаги “ТСТ Rice” шоличилик кластери фаолияти билан танишди. Ушбу масъулияти чекланган жамиятда шоли …

Batafsil

O‘zDJTSU Adabtiv jismoniy tarbiya va parasport kafedrasi talabasi Nasiba Toshpo’latova — Jahon chempionati sovrindori

O‘zDJTSU Adabtiv jismoniy tarbiya va parasport kafedrasi talabasi Nasiba Toshpo’latova — Jahon chempionati sovrindori O’zbekiston terma jamoasi para pauerlifting bo‘yicha kattalar o‘rtasidagi Jahon chempionatida navbatdagi medallariga ega chiqdi.                 Misrning Qohira shahri mezbonligidagi musobaqada ayollar o‘rtasida 45 kg vazn toifasidagi bahslarda ishtirok etgan hamyurtimiz Nasiba Toshpo’latova A finalida muvaffaqiyatli qatnashib, 2 ta bronza …

Batafsil

Kasbiy ta`limda xalqaro hamkorlik

Bekobod shahar politexnikumiga Xitoy Xalq Respublikasi shimoliy-sharqiy elektr energetikasi universiteti (NEEPU) vakillari – professor Li Xing Can hamda Zhang Xu janoblari boshchiligidagi delegatsiya tashrif buyurdi. Tashrifdan asosiy maqsad – politexnikumning o‘quv jarayoni va moddiy-texnik bazasi bilan tanishish, hamkorlik istiqbollarini muhokama qilishdan iborat bo‘ldi. Uchrashuv davomida quyidagi masalalar muhokama qilindi: — Bekobod shahar politexnikumi xodimlarini NEEPU universitetiga stajirovkaga yuborish, shuningdek, xorijiy …

Batafsil