YANGILIKLAR
Домой / Без рубрики / Prezident farmoni yuzasidan tushuntirishlar berildi

Prezident farmoni yuzasidan tushuntirishlar berildi

Prezident farmoni yuzasidan tushuntirishlar berildi

5-avgust kuni Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi markaziy apparati hamda barcha oliy taʼlim tashkilotlari rahbar va masʼul xodimlari uchun iqtisodiy oʻqish onlayn va oflayn shaklda oʻtkazildi.

Iqtisodiy o’qish mavzusi – O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Davlat organlari va tashkilotlarda ijro intizomini yanada mustahkamlashning qo‘shimcha chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PF–117-son Farmoni mazmun-mohiyatini tushuntirish va uni amalda samarali tatbiq etish.

Iqtisodiy oʻqishni Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirining birinchi o‘rinbosari Shohrux Daliyev ochib berdi hamda tadbir mavzusi yuzasidan so‘zga chiqdi.

U o‘z nutqida ijro intizomini mustahkamlashning dolzarbligi, oliy ta’lim tizimidagi mas’uliyatli yondashuv zarurati hamda farmonning amaliy ahamiyatiga alohida urgʻu berdi. Seminar davomida ishtirokchilarga Prezident farmonining huquqiy asosi, davlat boshqaruvidagi ahamiyati hamda ijro intizomini mustahkamlash bo‘yicha qonunchilikdagi yangiliklar atroflicha tushuntirildi.
Mavzuga oid taqdimot asosida huquqiy sharhlar berilib, 2025-yilning birinchi yarmida amalga oshirilgan ishlar tahlili va aniqlangan tizimli kamchiliklar muhokama qilindi.
Shuningdek, yilning ikkinchi yarmida ijro intizomini kuchaytirish bo‘yicha takliflar ilgari surildi.
  Prezident hujjatlarini rasmiylashtirish tartibidagi texnik talablar, shuningdek “Ijro.gov.uz” yagona elektron tizimidagi yangilanishlar va ularning amaliy imkoniyatlari haqida ham atroflicha ma’lumot berildi.
Tadbir ishtirokchilari ijro intizomini ta’minlashda zamonaviy yondashuvlar va huquqiy asoslarni chuqurroq o‘zlashtirish, shuningdek, faoliyatda samaradorlikni oshirish bo‘yicha zarur bilim va ko‘nikmalarga ega bo‘lishdi.