Yuqori Chirchiq tumanidagi Millatlar do‘stligi saroyida kasbiy ta’lim taskilotlari o‘quvchilari o‘rtasida «Siz ekologiyaga oid qonunlarni bilasizmi?» tanlovining Toshkent viloyat bosqichi o‘tkazildi.
Ekologik savodxonlikni oshirish va yoshlarning atrof-muhit muhofazasiga oid bilimlarini mustahkamlashga qaratilgan mazkur tanlov qizg‘in bahs-munozaralar asosida o‘tdi. Ishtirokchilar ekologiya va qonunchilik bo‘yicha bilimlarini sinovdan o‘tkazishdi.
Bellashuv natijalariga ko‘ra:
1-o‘rin – Yuqori Chirchiq politexnikumi jamoasi
2-o‘rin – Bekobod shahar politexnikumi jamoasi
3-o‘rin – Olmaliq shahar politexnikumi jamoasi egalladilar.
Tanlov g‘oliblari Toshkent viloyati sharafini himoya qilish uchun Nukus shahrida o‘tkaziladigan Respublika bosqichida ishtirok etadilar.
Toshkent viloyati OTFIB 



