YANGILIKLAR
Домой / Без рубрики / “Sportchi – yurt himoyachisi!” shiori ostida “Sport oyligi”ning ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi

“Sportchi – yurt himoyachisi!” shiori ostida “Sport oyligi”ning ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi

“Sportchi – yurt himoyachisi!” shiori ostida “Sport oyligi”ning ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi

Yurtimizda sog‘lom va barkamol avlodni tarbiyalash, sportni keng ommalashtirish hamda yoshlar qalbida vatanparvarlik tuyg‘usini mustahkamlash maqsadida izchil ishlar amalga oshirilmoqda. Shu maqsadda Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi tomonidan 2025-yil 5-may kuni “Sportchi – yurt himoyachisi!” shiori ostida “Sport oyligi”ning rasmiy ochilish marosimi tashkil etildi.

Mazkur tantanali tadbir Toshkent to‘qimachilik va yengil sanoat institutida respublika miqyosida o‘tkazilib, ushbu oylikka rasmiy start berildi.

 

Tadbirda viloyat Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar boshqarmasi boshlig‘i N.Kulbekova hamda viloyatidagi oliy ta’lim muassasalari rektorlari O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport unversiteti binosidan masofaviy shaklda faol qatnashdilar.

Shubhasiz, bunday keng qamrovli tadbirlar talaba-yoshlar orasida sportga bo‘lgan qiziqishni kuchaytirish, sog‘lom turmush tarzini targ‘ib etish va jismoniy faollikni oshirishga qaratilgandir.

Tadbir doirasida rektorlar O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport unversitetida yaratilgan zamonaviy shart-sharoitlar bilan yaqindan tanishdilar. Ular unversitetda talabalarning jismoniy tayyorgarligini oshirish, sport yo‘nalishlarini rivojlantirish va sog‘lom muhit yaratishga qaratilgan imkoniyatlarni yuqori baholadilar.

Eng e’tiborlisi, ushbu tadbir doirasida viloyatdagi oliy ta’lim muassasalari rektorlari o‘rtasida do‘stlik va sog‘lom raqobat ruhida futbol musobaqasi tashkil etildi. Bu musobaqa sport orqali sog‘lom turmush tarzini targ‘ib etish bilan birga, ta’lim muassasalari o‘rtasidagi hamkorlikni yanada mustahkamlashga xizmat qildi.