Ta’lim sifatini ta’minlash milliy agentligi tashkil etiladi
Bu Prezidentning “Ta’lim sifatini ta’minlash va ta’lim xizmatlari ko‘rsatish tizimini takomillashtirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi farmonida (https://www.lex.uz/pdfs/7513052) (PF-76, 05.05.2025-y.) belgilandi.
Farmonga ko‘ra Agentlik:
Ta’lim sohasidagi loyihalar markazi loyiha ofisi negizida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzurida tashkil etiladi;
o‘rta maxsus, kasbiy, oliy va oliy ta’limdan keyingi ta’lim, shuningdek, kadrlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish, malakalarni baholash sohalarida tashqi sifat nazoratini amalga oshiruvchi maxsus vakolatli davlat organi hisoblanadi.
Shuningdek, Farmon bilan:
Ta’lim sifatini ta’minlash milliy agentligining asosiy faoliyat yo‘nalishlari;
Ta’lim sifatini ta’minlash milliy agentligi faoliyatini tashkil etish tartibi;
Ta’lim sifatini ta’minlash tizimini takomillashtirishning ustuvor yo‘nalishlarini amalga oshirish bo‘yicha “Yo‘l xaritasi” tasdiqlandi.
Endi barcha oliygohlarda sirtqi ta’lim shakliga qabul amalga oshirilmaydi
Prezident farmoniga ko’ra (https://t.me/eduuz/33581), 2025/2026-o’quv yilidan boshlab ta’limning sirtqi shakliga qabul tugatildi.
Mazkur talab davlat oliygohlari uchun ham, nodavlat (xususiy) oliygohlar uchun ham birdek amal qiladi.
Hozirda sirtqi ta’limda o‘qiyotgan talabalar amaldagi ta’lim dasturlari bo‘yicha o‘z o‘qishlarini davom ettirib, diplom olish imkoniyatiga ega bo‘ladilar.
Sirtqi ta’lim o‘rniga kechki, masofaviy va maqbullashtirilgan kunduzgi (part-time education) ta’lim shakllari bo‘yicha qabul kvotalari oshiriladi.
2025/2026-o‘quv yilidan boshlab (https://t.me/eduuz/33581):
oliy ta’lim tashkilotlarining muqobil ta’lim shakllari bo‘yicha umumiy qabul kvotasini kunduzgi ta’lim shakli qabul natijasining 50 foizidan oshirishga yo‘l qo‘yilmaydi;
magistratura bosqichida muqobil ta’lim shakllari asosida ilmiy-pedagogik kadrlarni tayyorlashga ruxsat beriladi;
oliy ta’lim tashkilotlarida muqobil ta’limning kredit- modul tizimiga asoslangan maqbullashtirilgan kunduzgi ta’lim shakli (part-time education) bo‘yicha o‘qitishni yo‘lga qo‘yishga ruxsat beriladi;
muqobil ta’lim shakllariga talabalarni belgilangan me’yordan ortiqcha qabul qilish litsenziya talab va shartlarini qo‘pol ravishda buzish deb baholanadi hamda litsenziyani bekor qilish uchun asos hisoblanadi.
⚡️Yangi tashkil etiladigan ta’lim tashkilotlari faoliyati ikki bosqichda yo‘lga qo‘yiladi
Farmon (https://t.me/eduuz/33581)ga ko‘ra, 2025-yil 1-iyuldan yangi tashkil etiladigan ta’lim tashkilotlari faoliyatini yo‘lga qo‘yish 2 bosqichda amalga oshiriladi:
1-bosqichda faoliyatni boshlash uchun o‘rta maxsus, kasbiy, oliy va oliy ta’limdan keyingi ta’lim tashkilotlari o‘rnatilgan tartibda litsenziyalanadi, kadrlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish ta’lim tashkilotlari xabardor qilish tartibida tashkil etiladi;
2-bosqichda ta’lim tashkilotlarining kadrlar tayyorlash yo‘lga qo‘yiladigan ta’lim dasturlari maxsus davlat akkreditatsiyasidan o‘tkaziladi. Bunda:
maxsus davlat akkreditatsiyasidan o‘tmagan ta’lim dasturlari bo‘yicha ta’lim oluvchilarni o‘qishga qabul qilishga yo‘l qo‘yilmaydi;
maxsus davlat akkreditatsiyasidan o‘tmasdan qabul jarayonini amalga oshirish litsenziya talab va shartlarini qo‘pol ravishda buzish deb baholanadi va ta’lim tashkilotiga berilgan litsenziyaning bekor qilinishiga asos bo‘ladi.
Toshkent viloyati OTFIB 