YANGILIKLAR
Домой / Без рубрики / Ta’lim tashkilotlarida ta’lim sifatini ta’minlash bo‘limlari tashkil etiladi

Ta’lim tashkilotlarida ta’lim sifatini ta’minlash bo‘limlari tashkil etiladi

Ta’lim tashkilotlarida ta’lim sifatini ta’minlash bo‘limlari tashkil etiladi

Hukumat qarori (https://t.me/uztdi/9962)(498-son, 06.08.2025-y.) bilan ta’lim tashkilotlari tarkibida ularning belgilangan shtatlari doirasida ta’lim sifatini ta’minlash bo‘limlari tashkil etilishi belgilandi.

Bunda:

oliy ta’lim tashkilotlarining ta’lim sifatini ta’minlash bo‘limlari kamida 3 nafar (oylik ish haqi dekan lavozimiga tenglashtirilgan bo‘lim boshlig‘i va dekan o‘rinbosari lavozimiga tenglashtirilgan 2 nafar bosh mutaxassis) xodimdan, o‘rta maxsus va kasbiy ta’lim tashkilotlarining ta’lim sifatini ta’minlash bo‘limi (oylik ish haqi direktor o‘rinbosari lavozimiga tenglashtirilgan bosh mutaxassis) 1 nafar xodimdan iborat bo‘ladi;

bo‘lim (mutaxassis)ga ta’lim tashkilotining kadrlar tayyorlash sifatini ta’minlash bo‘yicha ichki baholashni tashkil etish, ta’lim tashkilotini davlat akkreditatsiyasidan o‘tkazishga tayyorlash, ta’lim sifatini doimiy monitoring qilib borish orqali unga ta’sir etuvchi omillar to‘g‘risidagi ma’lumotlarni ta’lim tashkiloti rahbariga hamda Taʼlim sifatini taʼminlash milliy agentligiga (https://t.me/uztdi/9602) taqdim etib borish vazifalari yuklatiladi.