YANGILIKLAR
Домой / Без рубрики / “Talabalar ligasi” sport musobaqalarining 3 ta sport turi bo‘yicha respublika final bosqichi yakunlandi

“Talabalar ligasi” sport musobaqalarining 3 ta sport turi bo‘yicha respublika final bosqichi yakunlandi

“Talabalar ligasi” sport musobaqalarining 3 ta sport turi bo‘yicha respublika final bosqichi yakunlandi

Musobaqaning final bosqichi uchun mas’ul oliy ta’lim muassasasi sifatida O‘zbekiston–Finlandiya pedagogika instituti belgilandi. Mazkur institutda shaxmat bo‘yicha bahslar o‘tkazildi. Unda mamlakatimizning barcha hududlaridan tashrif buyurgan 60 nafar talaba ishtirok etdi.

Badminton bo‘yicha musobaqalar Ipak yo‘li xalqaro turizm universitetida tashkil etilib, 120 nafar talaba g‘oliblik uchun bellashdi. Shu bilan birga, Samarqand davlat universitetining sport zalida o‘tkazilgan stol tennisi musobaqalarida ham 120 nafar talaba ishtirok etdi.

Musobaqa natijalari:

Shaxmat (qizlar o‘rtasida):

1-o‘rin — M.Bobomurodov (Toshkent viloyati)

2-o‘rin — O.Shaxzodova (Samarqand viloyati)

3-o‘rin — S.Safarova (Toshkent shahar)

Shaxmat (o‘g‘il bolalar o‘rtasida):

1-o‘rin — D.Sharipov (Toshkent viloyati)

2-o‘rin — Sh.Tojiboyev (Toshkent shahri)

3-o‘rin — I.Raimjonov (Namangan viloyati)

Badminton:

1-o‘rin — Toshkent viloyati

2-o‘rin — Qoraqalpog‘iston Respublikasi

3-o‘rin — Andijon viloyati

Stol tennisi:

1-o‘rin — Toshkent viloyati

2-o‘rin — Xorazm viloyati

3-o‘rin — Farg‘ona viloyati

G‘olib va sovrindorlar tashkilotchilar tomonidan diplom va esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandi.