YANGILIKLAR
Домой / Без рубрики / Talabalar turar joyi uchun ariza yuborish jarayonlari 1-avgustdan boshlanadi

Talabalar turar joyi uchun ariza yuborish jarayonlari 1-avgustdan boshlanadi

Talabalar turar joyi uchun ariza yuborish jarayonlari 1-avgustdan boshlanadi

(https://t.me/OTM_Minbari)

Vazirlar Mahkamasining 376-son qarori (14.08.2023-y.) bilan tasdiqlangan reglamentga (https://lex.uz/uz/docs/-6568679) asosan 1-avgustdan boshlab talabalar arizalarini my.gov.uz (https://my.gov.uz/oz/service/870) portali orqali yuborishlari mumkin.

Reglamentga muvofiq dastlab imtiyoz va ustuvorliklarga (https://lex.uz/uz/docs/-6568679#:~:text=5.%20Imtiyozli%20ro%E2%80%98yxatga%20quyidagi%20mezonlarning%20biriga%20mos%20keluvchi%20talabalar%20kiritiladi%3A)

ega talabgorlar talabalar turar joylariga qabul qilinadi. (https://t.me/OTM_Minbari)

Shundan so‘ng, umumiy ro‘yxatdagi (https://lex.uz/uz/docs/-6568679#:~:text=9.%20Umumiy%20ro%E2%80%98yxatga%20kiritiladigan%20talabalar%20quyidagi%20ketma-ketlik%20asosida%20talabalar%20turar%20joyiga%20joylashtiriladi%3A) talabalar uchun yotoqxonada ortib qolgan o‘rinlar soniga nisbatan navbat asosida quyidagicha taqsimlanadi:
▪️1-kurs talabalari uchun 55 — 65 foiz;
▪️2-kurs talabalari uchun 15 — 20 foiz;
▪️3-kurs va undan yuqori kurs talabalari uchun 20 — 25 foizgacha ajratiladi.

Arizalar qabuli 1-avgustdan boshlab o‘quv yili yakuniga qadar davom etadi.

Batafsil ma’lumot (https://t.me/Oliygohlar_minbari): (https://t.me/Oliygohlar_minbari)

https://lex.uz/uz/docs/-6568679

❗️Ma’lumot uchun, 2025/2026-o‘quv (https://t.me/OTM_Minbari)yilida (https://t.me/OTM_Minbari) OTM 1-bosqichiga tavsiya etilgan abituriyentlar yakuniy natija chiqqandan so‘ng ariza yuborishlari mumkin bo‘ladi. Ular uchun ham joylar yuqoridagi tartib asosida ajratiladi.