Texnikumlarga qabul parametrlari tasdiqlandi
Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirining buyrug‘i bilan 2025/2026 o‘quv yilida 599 ta texnikumga 370 ta kasb va mutaxassislik bo‘yicha kunduzgi, kechki, sirtqi va dual ta’lim shakllarida jami 311 009 ta qabul kvotasi tasdiqlandi.
✔️Shundan:
➖ davlat granti asosida — 205 729 ta;
➖ to‘lov-kontrakt asosida — 105 280 ta.
Shu bilan birga, xalqaro ta’lim dasturlari joriy etilishi belgilangan 14 ta texnikumga jami 1680 nafar o‘quvchini davlat granti asosida o‘qishga qabul qilish belgilandi.
Qabul parametrlarida 9-sinf bitiruvchilari uchun 515 ta texnikumga jami 139 245 ta kvota (to‘liq davlat granti), 11-sinf bitiruvchilari uchun esa 549 ta texnikumga jami 171 764 ta kvota (shundan 66 484 ta grant) ajratilgan.
⚡️2025/2026 oʻquv yili uchun texnikumlarga KUNDUZGI va DUAL taʻlim shakllaridagi qabul parametrlari
▶️ Respublika bo‘yicha 515 ta texnikumda kunduzgi va dual ta’lim shakllari uchun qabul kvotasi tasdiqlandi. Unga ko‘ra, 139 245 nafar 9-sinf bitiruvchisi davlat granti asosida o‘qishga qabul qilinadi.
✔️Shundan:
➖ kunduzgi ta’lim shaklida — 118 595 ta;
➖ dual ta’lim shaklida — 20 650 ta.
Kvotalar to‘liq @eduuzuniversalbot
⚡️2025/2026 oʻquv yili uchun texnikumlarga KUNDUZGI taʻlim shaklidagi qabul parametrlari
▶️ Respublika bo‘yicha 549 ta texnikumda kunduzgi ta’lim shakli uchun qabul kvotasi tasdiqlandi. Unga ko‘ra, 101 924 nafar kamida umumiy o‘rta ma’lumoti (11-sinf) bo‘lganlar o‘qishga qabul qilinadi.
✔️Shundan:
➖ davlat granti asosida — 49 234 ta;
➖ toʻlov-kontrakt asosida — 52 690 ta.
Kvotalar to‘liq @eduuzuniversalbot
⚡️2025/2026 oʻquv yili uchun texnikumlarga SIRTQI taʻlim shaklidagi qabul parametrlari
▶️ Respublika bo‘yicha 362 ta texnikumda sirtqi ta’lim shakli uchun qabul kvotasi tasdiqlandi. Unga ko‘ra, 29 310 nafar kamida umumiy o‘rta ma’lumoti (11-sinf) bo‘lganlar faqat toʻlov-kontrakt asosida o‘qishga qabul qilinadi.
Kvotalar to‘liq @eduuzuniversalbot
⚡️2025/2026 oʻquv yili uchun texnikumlarga KECHKI taʻlim shaklidagi qabul parametrlari
▶️ Respublika bo‘yicha 24 ta texnikumda kechki ta’lim shakli uchun qabul kvotasi tasdiqlandi. Unga ko‘ra, 2 040 nafar kamida umumiy o‘rta ma’lumoti (11-sinf) bo‘lganlar faqat toʻlov-kontrakt asosida o‘qishga qabul qilinadi.
Kvotalar to‘liq @eduuzuniversalbot
⚡️2025/2026 oʻquv yili uchun texnikumlarga DUAL taʻlim shaklidagi qabul parametrlari
▶️ Respublika bo‘yicha 439 ta texnikumda dual ta’lim shakli uchun qabul kvotasi tasdiqlandi. Unga ko‘ra, 38 490 nafar kamida umumiy o‘rta ma’lumoti bo‘lganlar o‘qishga qabul qilinadi.
✔️Shundan:
➖ davlat granti asosida — 17 250 ta;
➖ toʻlov-kontrakt asosida — 21 240 ta.
Kvotalar to‘liq @eduuzuniversalbot
⚡️2025/2026 oʻquv yili uchun texnikumlarga xalqaro ta’lim dasturlari asosida KUNDUZGI taʻlim shaklidagi qabul parametrlari
▶️ Respublika bo‘yicha xalqaro ta’lim dasturlari asosida 14 ta texnikumda kunduzgi ta’lim shakli uchun qabul kvotasi tasdiqlandi. Unga ko‘ra, 1 350 nafar 9-sinf bitiruvchisi faqat davlat granti asosida o‘qishga qabul qilinadi.
Kvotalar to‘liq @eduuzuniversalbot
⚡️2025/2026 oʻquv yili uchun texnikumlarga xalqaro ta’lim dasturlari asosida KUNDUZGI taʻlim shaklidagi qabul parametrlari
▶️ Respublika bo‘yicha xalqaro ta’lim dasturlari asosida 6 ta texnikumda kunduzgi ta’lim shakli uchun qabul kvotasi tasdiqlandi. Unga ko‘ra, 330 nafar kamida umumiy o‘rta ma’lumoti bo‘lganlar faqat davlat granti asosida o‘qishga qabul qilinadi.
Kvotalar to‘liq @eduuzuniversalbot
TEXNIKUM KVOTA_9-SINF BITIRUVCHILARI UCHUN KUNDUZGI_DUAL
TEXNIKUM KVOTA XALQARO_9-SINF BITIRUVCHILARI UCHUN KUNDUZGI
TEXNIKUM KVOTA XALQARO_KUNDUZGI
Toshkent viloyati OTFIB 