YANGILIKLAR
Домой / Без рубрики / Toshkent davlat agrar universitetiga “Karyera kuni” bo‘sh ish o‘rinlari mehnat yarmarkasi hamda “Biznes marafon” seminar-treningga taklif etamiz!

Toshkent davlat agrar universitetiga “Karyera kuni” bo‘sh ish o‘rinlari mehnat yarmarkasi hamda “Biznes marafon” seminar-treningga taklif etamiz!

Hurmatli  bitiruvchi talabalar!

Sizni joriy yilning 9-iyul kuni, soat 10:30 da Toshkent davlat Agrar universitetida bo‘lib o‘tadigan Toshkent viloyati bo‘ylab “Karyera kuni” bo‘sh ish o‘rinlari mehnat yarmarkasi hamda “Biznes marafon” seminar-treninglariga taklif etamiz!

Mazkur tadbir — viloyatimizdagi oliy ta’lim muassasalari bitiruvchilari uchun o‘z kasbiy yo‘lini boshlash, yetakchi tashkilotlar bilan bevosita muloqotda bo‘lish va amaliy tajriba orttirish uchun katta imkoniyatdir.

Tadbir doirasida sizni kutmoqda:
✔️ Yirik tashkilot va korxona rahbarlari bilan jonli muloqot;
✔️ Soha bo‘yicha bo‘sh ish o‘rinlari bilan tanishish hamda joyida murojaat qilish imkoniyati;
✔️ Ishga joylashish, intervyu va rezyume tayyorlash bo‘yicha foydali tavsiyalar;
✔️ “Biznes marafon” doirasida o‘tkaziladigan motivatsion seminarlar, master-klasslar va yirik tadbirkorlik subyektlari rahbarlari bilan uchrashuvlar.

Kelajagingiz sari dadil qadam qo‘ying!

Toshkent viloyatidagi barcha oliy ta’lim bitiruvchilarini ushbu muhim va foydali tadbirda kutib qolamiz!