Toshkent viloyati Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar boshqarmasida o‘tkazilgan navbatdagi maʼnaviyat soatida 2025-yil uchun Davlat dasturi haqida maʼlumot berildi.
2025-yil yurtimizda “Atrof-muhitni asrash va yashil iqtisodiyot yili” deb e’lon qilingani mamlakatimizda inson va tabiat uyg‘unligiga tayangan kuchli demokratik davlat barpo etishga asoslangan hayotiy g‘oyaning amaldagi ifodasi bo‘ldi.
“O‘zbekiston – 2030” strategiyasini “Atrof-muhitni asrash va “yashil” iqtisodiyot yili”da amalga oshirish bo‘yicha davlat dasturi loyihasi keng jamoatchilik muhokamasidan o`tkazildi.
Ushbu tarixiy hujjat nafaqat mamlakatimiz hayoti uchun o‘zining dolzarbligi, balki ekologiya va boshqa sohalarida mintaqaviy va xalqaro miqyosdagi eng muhim yo‘nalishlarni qamrab olgani, “yashil rivojlanish” borasida O‘zbekistonning o‘ziga xos taraqqiyot yo‘lini belgilab bermoqda.
Tadbir davomida ushbu dastur doirasida amalga oshiriladigan ijtimoiy, iqtisodiy va maʼnaviy islohotlar, taʼlim sifatini oshirish, innovatsiyalarni rivojlantirish hamda yoshlar uchun yaratilayotgan imkoniyatlar haqida so‘z bordi. Shuningdek, dastur mamlakatimizning barqaror rivojlanishini taʼminlash va aholi farovonligini oshirishga qaratilgani taʼkidlandi.
Toshkent viloyati OTFIB 

