YANGILIKLAR
Домой / Без рубрики / Viloyatdagi kasbiy taʼlim muassasalarida hashar davom etmoqda!

Viloyatdagi kasbiy taʼlim muassasalarida hashar davom etmoqda!

O‘rta Chirchiq tumani 2-son politexnikumida “Obod va fayzli mahalla – yurt koʻrki” shiori ostida umumxalq obodonlashtirish hashari o‘tkazilmoqda. Tadbir doirasida hududlarni obodonlashtirish, tozalash va tartibga keltirish ishlari izchil amalga oshirilmoqda.

“Obod va fayzli mahalla – yurt ko‘rki” shiori ostidagi umumxalq xayriya hashari doirasida O‘rta Chirchiq tuman 1-son politexnikumida obodonlashtirish ishlari tashkil etildi.

Hududni yanada chiroyli va tartibli qilish maqsadida keng ko‘lamli tozalash hamda obodonlashtirish ishlari izchil olib borilmoqda.

Bo‘stonliq turizm va madaniy meros texnikumida ta’lim muassasasi hududlarini obodonlashtirish va ko‘kalamzorlashtirish maqsadida hashar tashkil etildi.

Hasharda texnikum rahbari boshchiligida barcha xodimlar faol ishtirok etib, o‘z hissalarini qo‘shmoqdalar.