2025-yilning 27-yanvar kuni Qibray tuman texnikumiga Rossiyaning Skolkovo fan va texnologiya instituti hamda Rosatom Korporativ Akademiyasi rahbariyatidan iborat delegatsiya «O’zbekiston Respublikasi ta’lim muassasalarida (payvandchilar tayyorlash) va ish beruvchilarga tashrif buyurish» dasturi asosida tashrif buyurdi.
Tashpif “Jalb qilish nuqtalari” («Точки притяжения») loyihasi doirasida amalga oshirilmoqda.
Maqsad – O‘zbekistonda payvandlash bo‘yicha malakali mutaxassislarni tayyorlash markazlari tarmog‘ini yaratish tashabbusini ishlab chiqish hamda uning doirasida o‘zaro manfaatli hamkorlik yo‘nalishlarini aniqlash.
Toshkent viloyati OTFIB 



