
Xalqaro hamkorlik yo‘lida yana bir muhim qadam tashlandi. Olmaliq qurilish va kommunal xo‘jaligi texnikumi hamda Xitoyning Zhejiang Construction Vocational and Technical College o‘rtasida o‘zaro anglashuv memorandumi imzolandi.
Ushbu hujjat ikki tomonlama hamkorlikni yo‘lga qo‘yishni ko‘zda tutadi. Jumladan, talabalar almashinuvi, o‘qituvchilarning malakasini oshirish, qo‘shma ta’lim loyihalari, xalqaro tadbirlar va “Xitoy tili + kasbiy ko‘nikmalar” dasturi bo‘yicha hamkorlik qilish rejalashtirilgan.
Mazkur memorandum texnikumni xalqaro aloqalarini mustahkamlashga xizmat qiladi. Bu esa o‘quvchilarga xorijiy tajriba orttirish, yangi bilim va amaliy ko‘nikmalarga ega bo‘lish uchun yaxshi imkoniyat yaratadi. Hamkorlik esa rivojlanishning muhim omillaridan biridir.
Toshkent viloyati OTFIB 

