YANGILIKLAR
Домой / Без рубрики / Yangi yo‘l shahar 1-son politexnikumida diplom topshirish marosimi bo‘lib o‘tdi

Yangi yo‘l shahar 1-son politexnikumida diplom topshirish marosimi bo‘lib o‘tdi

Bugun Yangi yo‘l shahar 1-son politexnikumida diplom topshirish marosimi bo‘lib o‘tdi.

Marosim davomida 196 nafar bitiruvchi o‘z diplomlarini tantanali ravishda qabul qilib oldi. Bu kun ular uchun nafaqat rasmiy sana, balki yangi hayot bosqichiga qadam qo‘yishning unutilmas onlaridan biri bo‘ldi.

Tadbirda Toshkent viloyati Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar boshqarmasi boshlig‘i N.Kulbekova ishtirok etib, so‘zga chiqdi hamda bitiruvchilarga diplomlarni tantanali ravishda topshirdi. U yoshlarga samimiy tilaklar bildirib, ularning kelgusidagi faoliyatida omad, mustahkam iroda va yutuqlar yor bo‘lishini tiladi.

 

 

 

 

 

 

Marosimda shahar hokimi o‘rinbosari M. Narbayev, deputatlar, taʼlim muassasasi rahbariyati, ustozlar, ota-onalar hamda faxriy mehmonlar ishtirok etdi. Tadbir ishtirokchilari bitiruvchilarning erishgan yutuqlaridan faxrlanib, ularga katta ishonch va ezgu tilaklar bildirishdi.

 

 

 

 

 

Tadbirda o‘qishni muvaffaqiyatli yakunlagan bitiruvchilarning ota-onalariga ham alohida minnatdorlik bildirilib, tashakkurnomalar tantanali ravishda topshirildi.

Ushbu tadbir bitiruvchilarning hayotida yangi sahifa ochdi. Ularning har biri endi kasb egasi sifatida yurt ravnaqi va jamiyat taraqqiyotiga o‘z hissasini qo‘shishga tayyor.