YANGILIKLAR
Домой / Без рубрики / «Yashil makon» loyihasi Piskent tumanida davom etmoqda

«Yashil makon» loyihasi Piskent tumanida davom etmoqda

Toshkent viloyatida ekologik muhitni yaxshilash va yashil hududlarni kengaytirish maqsadida «Yashil makon» loyihasi doirasida qator tadbirlar amalga oshirilmoqda. Shu munosabat bilan Piskent tumani 2-son politexnikum hududida keng qamrovli hashar tashkil etildi.

Tadbir viloyat Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar boshqarmasi boshlig‘i N.Kulbekova boshchiligida o‘tkazilib, unda muassasa jamoasi, talabalar hamda texnik xodimlar faol ishtirok etdilar.

Hashar davomida muassasa hududi tozalanib, obodonlashtirish ishlari amalga oshirildi.

Shuningdek, atrof-muhitni yanada ko‘kalamzorlashtirish maqsadida 500 tup terak ko‘chatlari ekildi. Ushbu tashabbus nafaqat hududning estetik ko‘rinishini yaxshilash, balki ekologik muhitni sog‘lomlashtirishga ham xizmat qiladi.