2025-yil 22-fevral kuni Qibray tuman politexnikumida shanbalik e’lon qilindi va “Yashil makon” loyihasi doirasida obodonlashtirish ishlari olib borildi.
Qibray tuman politexnikumida quyidagi ishlar amalga oshirildi:
— o‘quv binolari, binoga kirish yo‘laklari, ustaxonalar, o‘quv xonalar, sport zal, kutubxona, ichki va tashqi xojatxonalarida tozalash ishlari olib borildi;
— ta’lim muassasasi hududiga shanbalik jarayonida 65 dona mevali daraxt va 120 dona atir gul ko’chatlari, jami 185 tup ko’chatlar ekildi;
— ta’lim muassasasi hududidagi jami 2,68 ga maydonda obodonlashtirish ishlari tashkil etilib, mevali va manzarali daraxtlarga shakl berildi, qishdan qolgan 3 tonna hazon(barglar, shox-shabba)lar chiqarib tashlandi;
— hududdagi 230 metr lotok(beton ariqlar) tozalandi.
Tadbirda Toshkent viloyati Oliy ta’lim fan va innovatsiyalar boshqarmasi bosh mutaxassisi L.A.Gafarova faol ishtirok etdilar.
Toshkent viloyati OTFIB 



