Yoshlar bilan ochiq va samimiy muloqot
Toshkent davlat agrar universitetida Toshkent viloyati hokimi Zoyir Mirzayev ishtirokida talaba-yoshlar bilan samimiy va mazmunli uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Uchrashuvda viloyat hokimining yoshlar masalalari bo‘yicha o‘rinbosari, tegishli soha mas’ullari hamda Toshkent viloyati Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar boshqarmasi boshlig‘i N. Kulbekova ishtirok etdi.
Muloqot davomida yoshlarga yaratilayotgan imkoniyatlar, ularning jamiyatdagi faolligi va mas’uliyatini oshirish masalalari muhokama qilindi. Qishloq xo‘jaligi sohasida ilm-fan yutuqlari, startaplar, innovatsiyalar va raqamli texnologiyalarni joriy etish bo‘yicha zamonaviy yondashuvlar haqida fikr almashildi.
Talaba-yoshlarning savollariga aniq va ochiq javoblar berildi. Ularning qishloq xo‘jaligi sohasidagi tashabbuslari, g‘oyalari va takliflari tinglanib, yoshlar tadbirkorligini rivojlantirishga oid loyihalarni qo‘llab-quvvatlash choralari belgilanadi.
Toshkent viloyati OTFIB 







