2025-yil 5-mart kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev raisligida bo‘lib o‘tgan Korrupsiyaga qarshi kurashish milliy kengashi yig‘ilishida ta’lim tizimidagi korrupsiyaviy holatlarga barham berish, halol va shaffof muhitni ta’minlash bo‘yicha aniq vazifalar belgilab berilgan.
Mazkur topshiriqlar ijrosini ta’minlash maqsadida Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi tomonidan markaziy apparat hamda tizim tashkilotlari xodimlari uchun iqtisodiy o‘qishlar tashkil etildi.
Ushbu tadbirda viloyatdagi kasbiy ta’lim muassasalari direktorlarining ham ishtiroki ta’minlandi. Ular viloyat Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar boshqarmasi boshlig‘i N. Kulbekova rahbarligida viloyat studiyasi orqali masofaviy tarzda qatnashdilar.
Shuningdek, boshqarma boshlig‘i N. Kulbekova viloyatdagi kasbiy ta’lim tashkilotlarida korrupsiyaga qarshi kurashish borasidagi ishlarni yanada kuchaytirish yuzasidan muassasa direktorlariga aniq topshiriqlar berdi.
Xususan, ta’lim muassasalarida halollik tamoyillarini mustahkamlash, har bir jarayonning shaffofligini ta’minlash, korrupsiyaviy holatlarning oldini olish, profilaktik chora-tadbirlarni tizimli yo‘lga qo‘yish bo‘yicha zarur ko‘rsatmalar berildi.
Toshkent viloyati OTFIB 


