Bugun, 16-may kuni, Toshkent viloyati Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar boshqarmasi boshligʻi N. Kulbekova Zangiota agrotexnologiyalar texnikumida boʻlib u yerda olib borilayotgan ishlar bilan yaqindan tanishdi.
Texnikumda taʼlim sifatini yanada oshirish, talabalar uchun yaratilgan zamonaviy ustaxonalar va qulay sharoitlar atroflicha o‘rganildi.
Shuningdek, Qishloq xo‘jaligi vazirligi hamda BMT Taraqqiyot Dasturi loyihasi doirasida texnikum negizida tashkil etilayotgan “Yoshlar innovatsion markazi”ning faoliyati va imkoniyatlari ham koʻzdan kechirildi.
Boshqarma boshligʻi texnikum faoliyatini yanada rivojlantirish, taʼlim sifatini oshirish va loyihalarni samarali amalga oshirish maqsadida mutasaddilarga tegishli topshiriq va tavsiyalar berdi.
Toshkent viloyati OTFIB 




