YANGILIKLAR
Домой / Без рубрики / Zangiota agrotexnologiyalar texnikumida «Yoshlar innovatsion markazi» ochildi

Zangiota agrotexnologiyalar texnikumida «Yoshlar innovatsion markazi» ochildi

Zangiota tumani agrotexnologiyalar texnikumida Yevropa Ittifoqi tomonidan moliyalashtirilgan bir qator tashkilotlar hamkorligida amalga oshirilayotgan              EU-AGRIB loyihasi doirasida tashkil etilgan «Yoshlar innovatsion markazi»ning tantanali ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi.

Tadbirda Zangiota tuman faollari, Yevropa Ittifoqi delegatsiyasi a’zolari, BMTTD vakillari, loyiha hamkorlari, sohaning yetakchi mutaxassislari hamda yoshlar ishtirok etdi.

Markazning asosiy maqsadi — yoshlarning qishloq xo‘jaligi va agrotexnologiyalar sohasidagi bilim hamda ko‘nikmalarini oshirish, innovatsion g‘oyalarni ilgari surish va ularni kasb-hunarga yo‘naltirishdir. Ushbu markaz nafaqat ta’lim beruvchi, balki amaliy tajribaga asoslangan, kelajakdagi agrar yetakchilarni yetishtirishga qaratilgan noyob makon sifatida faoliyat yuritishi kutilmoqda.

Loyiha orqali yoshlar zamonaviy texnologiyalar bilan tanishish, ilg‘or amaliyotlarni o‘rganish va startap tashabbuslarini amalga oshirish imkoniyatiga ega bo‘ladilar.