Bugun Zangiota tumani agrotexnologiyalar texnikumida Yevropa Ittifoqi tomonidan moliyalashtirilgan, BMT Taraqqiyot Dasturi hamda O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi hamkorligida amalga oshirilayotgan EU-AGRIB loyihasi doirasida tashkil etilgan «Yoshlar innovatsion markazi»ning tantanali ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi.
Tadbirda Zangiota tumani hokimi, viloyat Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar boshqarmasi mutasaddilari, Yevropa Ittifoqi delegatsiyasi a’zolari, BMTTD vakillari, loyiha hamkorlari, soha mutaxassislari va faol yoshlar ishtirok etdi.
Ushbu markazning ochilishi yoshlarning qishloq xo‘jaligi va agrotexnologiyalar sohasidagi bilim va ko‘nikmalarini oshirish, innovatsion g‘oyalarni ilgari surish, shuningdek, ularni kasb-hunarga yo‘naltirishga xizmat qiladi.
Mazkur markaz nafaqat ta’lim beruvchi, balki amaliyotga yo‘naltirilgan, kelajakdagi agrar liderlarni yetishtirishga qaratilgan noyob makon bo‘lishi kutilmoqda.
Toshkent viloyati OTFIB 




