Yangiliklar

Akademik litsey o’quvchilarining oliygohlarga kirish-kirmasligiga qarab o’qituvchilarga rag’bat yoki jarima qo’llanadi

         O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining «Akademik litseylarga umumiy o’rta ta’lim o’quvchilarini tanlab olish, o’qishga qabul qilish, ularning o’qishini ko’chirish va o’qishdan chetlatish tartibi to’g’risidagi nizomni tasdiqlash haqida»gi 2018 yil 23 martdagi 212-sonli qarori qabul qilindi. Vazirlar Mahkamasining qaroriga binoan tasdiqlanayotgan Nizomga ko’ra, akademik litseylar faoliyatiga oid bir qator yangiliklar joriy etilmoqda. Akademik litsey bitiruvchilarining oliy ta’lim muassasalariga …

Batafsil

Olmaliq shahrida Toshkent viloyati Navro’z tantanalari nishonlandi.

        21 mart kuni Olmaliq shahrida Toshkent viloyat ahli ham Navro’z bayramini keng tantanalar bilan nishonladilar. Xalq sayli sifatida nishonlangan ushbu bayram Olmaliqning “Oltin olma” xiyoboni, “Yoshlar” bog’i, “Bolajon” istirohat bog’i hamda mazkur hududlarga tutash markaziy ko’chalar va to’yxonalarda keng nishonlandi. 100 nafar karnaychi va surnaychilar viloyatning jami 22 ta shahar, tumanlaridan tashrif buyurgan mehmonlarni bayramona kuy-sadolar …

Batafsil

Kasb-hunar kollejlari o’quvchilarining Islom Karimov memorial majmuasiga tashriflari uyushtirildi.

         O’rta maxsus, kasb-hunar ta’limi muassasalarida  xar haftaning juma kuni “Ma’naviyat kuni” doirasida  mamlakatimizning qadimiy va boy tarixini o’rganish,  yoshlar orasida keng targ’ib etish, ularda milliy g’urur va iftixor tuyg’ularini kuchaytirish maqsadida yurtimizdagi tarixiy obidalar, ulug’ ajdodlarimiz nomlari bilan bog’liq, muqaddas ziyoratgohlarga o’quvchilarni tashriflari tashkil etilmoqda. Jumladan, Toshkent shahridagi  Islom Karimov memorial majmuasiga o’quvchilarning tashriflari yuzasidan belgilangan …

Batafsil

«O’quv amaliyotlarini o’tilishida xom-ashyodan samarali foydalanish» innovatsion seminar.

             Joriy yilning 16-mart kuni Yangiyo’l qishloq xo’jalik kasb-hunar kollejida «O’quv amaliyotlarini o’tilishida xom-ashyodan samarali foydalanish» mavzusida innovatsion seminar bo’lib o’tdi. Seminarda «Chilangarlik ishi», «Elektrgaz payvandlash» o’quv amaliyotidan ochoq dars mashg’ulotlari bo’lib o’tdi. Seminarda Yangiyo’l tuman hokimi A.To’xtaboyev va O’MKHTB bo’lim boshlig’i A.Zakirov, Yangiyo’l qishloq xo’jalik kasb-hunar kolleji direktori R.Zaripov seminar dasturini ochib berdi.

Batafsil

Kasb-hunar kollejlariga xomashyo va YoMMlari uchun ajratilgan byudjet mablag’laridan samarali foydalanishni tashkil etish” mavzusida o’quv-amaliy seminar.

Joriy yilning 12-martida Chingeldi maishiy xizmat kasb-hunar kollejida “Kasb-hunar kollejlariga xomashyo va YoMMlari uchun ajratilgan byudjet mablag’laridan samarali foydalanishni tashkil etish” mavzusida o’quv-amaliy seminar bo’lib o’tdi. Seminarda Toshkent viloyati O’MKHTB boshlig’i A.S.Nurullayev, O’MKHTB bo’lim boshlig’i-A.Zokirov, Toshkent viloyatining 5 ta hududi: Chirchiq, Bo’stonliq, Yuqori Chirchiq, Qibray, Parkent tumanlarining IChBDO’, bosh ustalari hamda ishlab chiqarish ta’limi ustalari qatnashdi. Seminarda korxona, tashkilot va …

Batafsil

Insholar tanlovlarining viloyat bosqichi g’oliblari aniqlandi.

       Toshkent viloyati o’rta maxsus, kasb-hunar ta’limi muassasalari o’quvchilari o’rtasida 8 ta yo’nalishda insholar tanlovlari o’tazildi. Insholar tanlovlari guruhlar, ta’lim muassasalar va xududlar kesimida o’tkazildi. Insholar tanlovlarining viloyat bosqichi g’oliblari aniqlandi. “Ozod va obod vatanga baxshida umr” mavzusida o’tkazilgan insholar tanlovida Angren tibbiyot kollejining o’quvchisi Sheralieva Kamola 1-o’rinni, “Vatan himoyasi muqaddas burch” mavzusida o’tkazilgan insholar tanlovida Oxangaron sanoat …

Batafsil

“O’quvchi-yoshlarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalash dolzarb vazifa” mavzusida viloyat amaliy-seminari o’tkazildi.

          Joriy yilning 12-mart kuni Toshkent viloyati o’rta maxsus, kasb-hunar ta’limi boshqarmasida “O’quvchi-yoshlarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalash dolzarb vazifa” mavzusida viloyat amaliy- seminari o’tkazildi. Seminarda viloyatdagi barcha o’rta maxsus, kasb-hunar ta’limi muassasalari direktorlarining ma’naviy-ma’rifiy ishlari bo’yicha o’rinbosarlari, yoshlar yetakchilari (245 nafar) ishtirok etdilar. Toshkent viloyati O’rta maxsus, kasb-hunar ta’limi boshqarmasi boshlig’i A.Nurullaev seminarda qatnashdi va ishtirokchilarga vazifalar …

Batafsil

Jaholatga qarshi ma’rifat bilan kurashmoq kerak!

        Mustaqilligimizning ilk kunlaridanoq davlatimiz bola huquqlari va manfaatlarini himoya qilishga asosiy masala sifatida qarab kelmoqda. Shu bois, bolalar huquqlarini himoya qilish borasida qonunchiligimiz rivojlanib bormoqda. Asosiy qonunimiz bo’lmish O’zbekiston Respublikasi Konstitusiyasi, Ma’muriy javobgarlik to’g’risidagi kodeks, Jinoyat kodeksi, Oila kodeksi, Fuqarolik kodeksi, “O’zbekiston Respublikasida yoshlarga oid davlat siyosatining asoslari to’g’risida”gi, “Bola huquqlari kafolatlari to’g’risida”gi, “Voyaga yetmaganlar o’rtasida …

Batafsil

Qilichbozlik bo’yicha Osiyo chempionatida Chirchiq olimpiya zahiralari kolleji o’quvchilari kumush va bronza medallariga ega bo’ldi.

     Joriy yilning 22-fevraldan 5-martgacha Birlashgan Arab Amirliklarining Dubay shahrida qilichbozlik bo’yicha kadetlar va o’smirlar o’rtasida davom etayotgan Osiyo chempionatida hamyurtlarimiz sovrinli o’rinni qo’lga kiritdi. Chirchiq olimpiya zahiralari kolleji 8-sinf o’quvchisi Sevila Xudoyberganova Abduvaxitovna «Bronza» medal sohibi. Chirchiq olimpiya zahiralari kolleji 9-sinf o’quvchisi Jaloliddin Dushanboyev Shavshanbek o’g’li «Kumush» medalni qo’lga kiritdi. Bu o’quvchilarning treneri Nasirov Sherali Turg’unaliyevich. Terma jamoamizga estoniyalik trener Igor Chikinyov tayyorgarlik …

Batafsil

«Vatanimni madh etaman!»

         O’rta Maxsus ta’lim Markazining 27 fevral 2018 yil 126,127,128,129 buyruqlarining ijrosini, hamda ta’lim muassasalarida Davlat madhiyasini jo’r bo’lib kuylash orqali yoshlarimizning qalbi, ongu shuurida Vatan tuyg’usini yanada yuksaklarga ko’tarish, Vataniga, xalqiga, Prezidentiga sadoqatli farzandlar bo’lib voyaga yetishi, davlatimiz ramzini vatanparvarlik, shon sharaf va g’urur timsoli sifatida ulug’lash maqsadida Toshkent viloyati o’rta maxsus, kasb-hunar ta’limi boshqarmasi tasarrufidagi …

Batafsil

“Zamonamiz Zulfiyalari” nomli ma’naviy-ma’rifiy tadbir o’tkazildi.

       Bo’ka tumani Maishiy xizmat ko’rsatish kasb-hunar kollejida “Qizlarjon”lar klubi tomonidan “Zamonamiz Zulfiyalari” nomli ma’naviy-ma’rifiy tadbir o’tkazildi. Zulfiyaxonim tavallud topgan kunning 103 yilligi munosabati bilan o’tkazilgan tadbirda O’zbekiston Respublikasi Manaviyat va marifat markazi mas’ul xodimi M.Abduxakimova, Jahon tillari universiteti o’qituvchisi M.Yo’ldosheva, Bo’ka tumani Xotin-qizlar qo’mitasining raisi, hokim o’rinbosari M.Abdulazizova, Toshkent viloyati o’rta maxsus kasb-hunar talimi boshqarmasining bosh uslubchi maslaxatchisi …

Batafsil

Toshkent viloyati o’rta maxsus kasb-hunar ta’limi tizimining chet tili o’qituvchilari maktab o’qituvchilariga ustozlik qildi.

        O’rta maxsus kasb-hunar ta’limi markazining 2018 yil 16 fevraldagi “Chet tili o’qituvchilari uchun seminar o’tkazish to’g’risida”gi ФР-02 sonli buyrug’i hamda Toshkent viloyati o’rta maxsus kasb-hunar ta’limi boshqarmasining 2018 yil 16 fevraldagi 66-sonli buyrug’i  asosida Toshkent viloyati Olmaliq shahridagi  15-maktabda  19-24 fevral kunlari xalq ta’limi tizimida faoliyat yuritayotgan 27 nafar ingliz tili fani o’qituvchilariga seminar-trening o’tkazildi. Seminar-treningni …

Batafsil

Turkiya hamkorlik va muvofiqlashtirish agentligi «TIKA» mutaxassislari tomonidan mahorat darslari

           O’zbekistan Respublikasi Oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi O’rta maxsus kasb-hunar ta’limi markazi bilan Turkiya hamkorlik va muvofiqlashtirish agentligi (TIKA) o’rtasida hamkorlik doirasida joriy yilda kasb-hunar ta’limining turli yo’nalishlarida loyihalar amalga oshirish rejalashtirilgan. 2018 yil 19 fevraldan  20 martgacha TIKA tomonidan ishlab chiqilgan o’quv moduli asosida turkiyalik mutaxassislar tomonidan mahorat darslari olib borilmoqda. Informatsion texnologiyalar …

Batafsil

“Namunali kasb-hunar kolleji ” ko’rgazmali seminar o’tkazildi.

Qo’yichirchiq transport  va xizmat ko’rsatish kasb-hunar kollejida  2018 yil 16 fevral kuni “Namunali kasb-hunar kolleji ” ko’rgazmali seminar o’tkazildi. Seminarda o’rta maxsus, kasb-hunar ta’limi muassasalari direktorlari va ularning o’rinbosarlari ishtiroq etdi. Seminar ishtirokchilari  Toshkent viloyati o’rta maxsus, kasb-hunar ta’limi tizimidagi kasb-hunar kollejlari o’quvchilarining eng yaxshi innovasion fikrlari tanloviga oid ijodiy ishlari ko’rgazmasi bilan tanishdilar, shu bilan birga ta’lim muassasining o’quv …

Batafsil

Alisher Navoiy va Zahiriddin Muhammad Bobur – temuriylar davri ma’naviy merosining buyuk siymolari

       Toshkent viloyati kasb-hunar kollejlari va akademik litseylarida tahsil olayotgan o’quvchilr buyuk ajdodimiz, mutafakkir Alisher Navoiy tavalludining 577 yilligi hamda Zahiriddin Muhammad Bobur tavalludining 535 yilligini nishonlash, ularning xotirasini yod etish maqsadida ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar o‘tkazilmoqda. Buyuk so‘z san’atkorlari tarixning tub burilish nuqtalarida, millatni birlashtiruvchi, ruhan yuksaltiruvchi badiiy so‘zga kuchli ehtiyoj tug‘ilgan paytda dunyoga keladi. Alisher Navoiy xuddi ana …

Batafsil