YANGILIKLAR
Домой / Без рубрики / Cyber universiteti Stenford va Vashington universitetlari bilan hamkorlik o‘rnatdi

Cyber universiteti Stenford va Vashington universitetlari bilan hamkorlik o‘rnatdi

Cyber Universiteti  Stanford va Washington universitetlari bilan hamkorlik o’rnatgan O‘zbekistoning ilk  oliygohi bo’ldi!

Yangi tashkil etilgan Cyber universiteti AQShning eng nufuzli oliygohlaridan bo‘lgan Stenford (Stanfor university) hamda Vashington (University of Washington) universitetlari bilan hamkorlik memorandumlarini imzoladi (https://t.me/cyberuni_uz/229).

Dastlabki hamkorlik bitimi Stanford universitetining muhandislik fakulteti global va onlayn ta’lim markazi bilan tuzilgan bo’lsa, 2025-yil 26-may kuni Washington universiteti bilan ham xalqaro darajadagi hamkorlik memorandumi imzolandi.

Erishilgan kelishuvlar natijasida zamonaviy IT-ta’limi, sun’iy intellekt, kiberxavfsizlik va raqamli iqtisodiyot yo‘nalishlarida qo‘shma loyihalar, ilmiy tadqiqotlar, o‘quv dasturlari va akademik almashinuvlar yo‘lga qo‘yiladi.

Cyber University raqamli zamonda yuqori malakali mutaxassislar tayyorlashda xalqaro hamkorliklar doirasida muhim qadamlar tashlamoqda. Bu esa universitetning rivojlanishi va O‘zbekiston ta’lim tizimining taraqqiyoti uchun katta imkoniyatlar ochadi.