Bugun Chirchiq shahar politexnikumi oʻquvchi-yoshlari uchun «Lukbo textile» trikotaj kiyim-kechak ishlab chiqaruvchi korxonasiga “Biznes sayohat” tashkil etildi.
Oʻzbekiston yoshlar ittifoqi Toshkent viloyati Kengashi, “Yoshlar – kelajagimiz” jamg’armasi viloyat filiali, Yoshlar ishlari agentligi viloyat boshqarmasi hamda yoshlarning tadbirkorlikka bo’lgan qiziqishlarini yanada oshirish va ularda biznes yuritishdagi ilk tasavvurlarini uyg’otish maqsadida, Chirchiq shahridagi «Lukbo textile» trikotaj kiyim-kechak ishlab chiqaruvchi korxonasiga “Biznes sayohat” tashkil etildi.
Chirchiq shahar politexnikumi oʻquvchi-yoshlari ishtirokida mazkur korxonada ishchilar uchun yaratilgan sharoitlar, ishlab chiqarish muhiti va mahsulot turlari koʻzdan kechirildi.
«Lukbo textile» korxonasida trikotaj mahsulotlari buyurtma asosida ishlab chiqariladi va Rossiya, Ukraina, Germaniya davlatlariga eksport qilinadi.
Tadbir ishtirokchilariga korxona faoliyati, oylik maoshlari bilan bog’liq batafsil ma’lumot berildi.
Toshkent viloyati OTFIB 




