Toshkent viloyatidagi oliy ta’lim muassasalari talabalari Zulfiya nomidagi Davlat mukofotiga sazovor bo‘ldilar!
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining «Zulfiya nomidagi Davlat mukofoti bilan taqdirlash to‘g‘risida» gi Qaroriga muvofiq: (https://president.uz/uz/lists/view/7920)
✅Uralova Oysha Abduraim qizi – Angren universiteti, Iqtisod va huquq fakulteti, «Iqtisodiyot» yo‘nalishi sirtqi ta’lim shakli 3-bosqich I-110 guruh talabasi;
✅ Mahammadrizoyeva Madinabonu Mahammadriza qizi – Xalqaro qishloq xo‘jaligi universiteti, Qishloq xo‘jaligi fakulteti 3-bosqich talabasi.
Bu yutuq nafaqat mukofot sohibalari, balki ularning oliy ta’lim muassasalari uchun ham katta sharafdir. Ushbu mukofot ularning mehnati, izlanishlari va bilimga bo‘lgan intilishining yorqin ifodasidir.
Toshkent viloyati OTFIB 
