YANGILIKLAR
Домой / Без рубрики / Toshkent viloyati pedagogika texnikumida ochiq sport maydonchasi foydalanishga topshirildi

Toshkent viloyati pedagogika texnikumida ochiq sport maydonchasi foydalanishga topshirildi

Toshkent viloyati pedagogika texnikumida ochiq sport maydonchasi foydalanishga topshirildi

Toshkent viloyati pedagogika texnikumida Tashabbusli budjet doirasida qurilgan ochiq sport maydonchasi qurilishi muvaffaqiyatli yakunlanib, bugun foydalanishga topshirildi.

Sport maydonchasining tantanali ochilish marosimi ko‘tarinki ruhda o‘tkazildi. Tadbirda viloyat Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar boshqarmasi boshligʻi N.Kulbekova ishtirok etdi.

N.Kulbekova  ochilish marosimini ochib berib, yangi sport maydonchasida o‘quvchilarga sog‘lom turmush tarzini shakllantirishda, sport bilan muntazam shug‘ullanishda omad va zafarlar tiladi.

Tadbirda keng jamoatchilik vakillari, sport ustalari, texnikum o‘qituvchilari hamda muassasada tahsil olayotgan o‘quvchilar faol ishtirok etdilar.

Mazkur sport maydonchasi o‘quvchilarning bo‘sh vaqtlarini mazmunli o‘tkazish, sog‘lom turmush tarzini shakllantirish va sport bilan doimiy shug‘ullanishiga keng imkoniyat yaratadi.