YANGILIKLAR
Домой / Без рубрики / Angren pedagogika va xizmat ko’rsatish kollejida «Iste’dodli yoshlar» nomli tadbir tashkil etildi.

Angren pedagogika va xizmat ko’rsatish kollejida «Iste’dodli yoshlar» nomli tadbir tashkil etildi.

     O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Miromonovich Mirziyoyev tomonidan «Yoshlar ma’naviyatini yuksaltirish, ularning bo’sh vaqtini mazmunli tashkil etish» bo’yicha beshta muhim tashabbus ilgari surildi. Angren pedagogika va xizmat ko’rsatish kollejida mazkur beshta tashabbusning birinchisi:  Yoshlarning musiqa, rassomlik, adabiyot, teatr va san’atning boshqa turlariga qiziqishlarini oshirish, iste’dodini yuzaga chiqarish maqsadida «Iste’dodli yoshlar» nomli tadbir tashkil etildi. Tadbirda kollejning Musiqa kafedrasi o’quvchi yoshlari tomonidan musiqa sir asrorlari, cholg’u asboblari haqida ma’lumotlar berilib ular ijrosida kuy, qo’shiq va raqslar ijro etildi. Tadbir so’ngida kollej direktori A.Ismailov so’zga chiqib tadbir haqida iliq fikrlar bildirdi.