YANGILIKLAR
Домой / Без рубрики / “Besh muhim tashabbus – kelajak sari yo’l” shiori ostida “Kitob buyuk kuchdir!” mavzusida Yangiyo’l texnologiya-iqtisodiyot kasb-hunar kollejida tadbir tashkil etildi.

“Besh muhim tashabbus – kelajak sari yo’l” shiori ostida “Kitob buyuk kuchdir!” mavzusida Yangiyo’l texnologiya-iqtisodiyot kasb-hunar kollejida tadbir tashkil etildi.

O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.Mirziyoyev tomonidan “Yoshlar ma’naviyatini yuksaltirish va ularning bo’sh vaqtlarini mazmunli tashkil etish hamda xotin-qizlar bandligini ta’minlash” bo’yicha bildirilgan 5 ta muhim tashabbus ijrosini ta’minlash maqsadida Toshkent viloyati Ichki Ishlar Bosh boshqarmasi hamda Toshkent viloyati kasbiy ta’limni rivojlantirish va muvofiqlashtirish boshqarmasi hamkorligida “Besh muhim tashabbus – kelajak sari yo’l” shiori ostida “Kitob buyuk kuchdir!” mavzusida Yangiyo’l texnologiya-iqtisodiyot kasb-hunar kollejida tadbir tashkil etildi.
Tadbirda Toshkent viloyati kasbiy ta’limni rivojlantirish va muvofiqlashtirish boshqarmasi boshlig’i A.K.Zakirov hamda Toshkent viloyati Ichki Ishlar Bosh boshqarmasi huquqbuzarliklar profilaktikasi boshqarmasi boshlig’i o’rinbosari, podpolkovnik E.D.Kulaxmedov va ota-onalar ishtirok etdi. Tadbir yakunida kitob savdo yarmarkasi ham tashkil etildi. Ota-onalar, pedagog xodimlar va o’quvchilar o’zlari yoqtirgan kitoblarni xarid qildilar.