YANGILIKLAR
Домой / Без рубрики / Bo’stonliq qishloq xo’jaligi va tadbirkorlik kasb-hunar kollejida “Qizlarni ilm-fanga yo’naltirishda va ularning tarbiyasida olima ayollarning roli” mavzusida o’quv-seminari bo’lib o’tdi.

Bo’stonliq qishloq xo’jaligi va tadbirkorlik kasb-hunar kollejida “Qizlarni ilm-fanga yo’naltirishda va ularning tarbiyasida olima ayollarning roli” mavzusida o’quv-seminari bo’lib o’tdi.

   Joriy yilning 16-aprel sanasida Bo’stonliq qishloq xo’jaligi va tadbirkorlik kasb-hunar kollejida “Qizlarni ilm-fanga yo’naltirishda va ularning tarbiyasida olima ayollarning roli” mavzusida o’quv-seminari bo’lib o’tdi.
Kollejning o’quv-ishlari bo’yicha direktor o’rinbosari  Muhabbat Niyozboboeva, maxsus fanlar kafedrasi mudiri Aziza Rustamova hamda kafedra o’qituvchisi Lola To’xtaevalarning tashabbusi bilan tashkil etilgan seminarda  Toshkent viloyati “Olima ayollar” uyushmasi raisi N. Raupova, Bo’stonliq tumani hokimi o’rinbosari, Xotin-qizlar qo’mitasi raisi Sh. Xudoyberganovalar ma’ruza qilishib, seminar doirasida “Mening izlanishlarim”, nomli tanlovga ham hakamlik qilishdi.
Samimiy raqobat va qizg’in munozara ruhida o’tgan tanlovda kollej o’quvchilaridan faxrli 1-o’rinni Husnobod Norboeva, 2-o’rinni Go’zal Yo’ldosheva va 3-o’rinni Laylo Yo’ldoshevalar egallashdi. Tadbir ko’taringki kayfiyatda bo’lib o’tdi.