YANGILIKLAR
Домой / Без рубрики / Chirchiq tibbiyot kollejida “Konstitutsiya baxtimiz poydevori” mavzusida tadbir o’tkazildi.

Chirchiq tibbiyot kollejida “Konstitutsiya baxtimiz poydevori” mavzusida tadbir o’tkazildi.

       Joriy yilning 30 noyabr kuni Toshkent viloyati Chirchiq tibbiyot kolleji faollar zalida Toshkent viloyati va Chirchiq shahri Prokuratura xodimlari bilan hamkorlikda “Konstitutsiya baxtimiz poydevori” mavzusida o’quvchi-yoshlar bilan tadbir o’tkazildi. Tadbirni Chirchiq tibbiyot kolleji direktori I.X.Shovaliyev ochib tashrif buyurgan mehmonlar bilan tanishtirib o’tdi. Tadbirga Toshkent viloyati Prokuratura bo’lim boshlig’i katta adliya maslahatchisi T.U.Rustamov, Chirchiq shahar Prokurori adliya maslahatchisi D.M.Xadjimetov, Chirchiq shahar Prokuror o’rinbosari D.Sattarov, Chirchiq shahar yoshlar masalalari ijtimoiy rivojlantirish va ma’naviyat-ma’rifat ishlari bo’yicha hokim o’rinbosari J.Matkarimovlar tashrif buyurdilar.
Toshkent viloyati Prokuratura bo’lim boshlig’i katta adliya maslahatchisi T.U.Rustamov so’zga chiqib, Konstitutsiyamizning 26 yilligi munosabati bilan tabrikladi va yoshlarga Konstitutsiyamizning mazmun-mohiyati to’g’risida ma’lumot berdi.
Tadbir so’ngida tashrif buyurgan mehmonlar kollej o’quvchilar tomonidan tashkil etilgan kitob yarmarkasi va Konstitutsiya kuniga bag’ishlangan plakatlar va foto-sur’atlar ko’rgazmasi bilan tanishib chiqdilar.