YANGILIKLAR
Домой / Без рубрики / JONAJON O’ZBEKISTONIM, MANGU BO’L OMON!

JONAJON O’ZBEKISTONIM, MANGU BO’L OMON!

2019 yil 8 iyulda “Jonajon O’zbekistonim, mangu bo’l omon” degan bosh g’oyani o’zida mujassam etgan “O’zbekiston Respublikasi  mustaqilligining yigirma sakkiz yillik bayramiga tayyorgarlik ko’rish  va uni o’tkazish to’g’risida” PQ-4386-sonli qaror qabul qilindi. Mazkur qaror ijrosini ta’minlash yuzasidan Toshkent viloyati kasb-hunar ta’limi boshqarmasining 2019 yil 29 avgustdagi 228-sonli buyrug’iga asosan boshqarma tasarrufidagi  kasb-hunar kolleji va akademik litseylarda Vatanimiz mustaqilligining yigirma sakkiz yilligini katta tayyorgarlik bilan kutib olish, bu qutlug’ sanani uning mohiyati va ahamiyatiga, xalqimizning fidokorona mehnati, ezgu orzu-intilishlariga munosib tarzda nishonlash maqsadida tashkiliy-amaliy, ma’naviy-ma’rifiy, targ’ibot-tashviqot ishlarini qamrab olgan maxsus tadbirlar 4 sentyabr kuni o’tkazildi. Jumladan Chirchiq va Bekobod tibbiyot kollejlarida “Jonajon O’zbekistonim, mangu bo’l omon” degan bosh g’oyani o’zida mujassam etgan tadbirlar o’tkazildi.

Chirchiq tibbiyot kolleji

Bekobot tibbiyot kolleji

Oqqoʻrgʻon tuman Agrosanoat va tadbirkorlik kasb-hunar kolleji