Домой / Без рубрики / Kasb-hunar kollejlari o’quvchilari o’rtasida “Men albatta askar bo’laman” tanlovining viloyat bosqichi o’tkazildi.

Kasb-hunar kollejlari o’quvchilari o’rtasida “Men albatta askar bo’laman” tanlovining viloyat bosqichi o’tkazildi.

        2019 yil 12 fevral kuni Toshkent viloyati O’rta-Chirchiq tumanidagi pedagogika kollejida O’zbekiston yoshlar ittifoi Toshkent viloyati Kengashi, Toshkent viloyati kasb-hunar ta’limi boshqarmasi hamda Toshkent viloyati Mudoofaa ishlar boshqarmasi bilan hamkorlikda Toshkent viloyatidagi akademik lisey va kasb-hunar kollejlarida chaqiriqqacha yoshlar o’rtasida “Men albatta askar bo’laman ” tanlovining viloyat bosqichi  bo’lib o’tdi.

Tadbirni o’tkazishdan maqsad – yoshlarni bo’sh vaqtini mazmunli tashkil etish, ular o’rtasida sog’lom turmush tarzini targ’ib qilish va o’zaro madaniy aloqalarni yo’lga qo’yish, yoshlarni harbiy psixologik tayyorgarlikka ega vatanparvar, ma’suliyatli, qiyin va ekstrimal vaziyatlarda to’g’ri harakatlanish qo’nikmalarini ekallagan barkamol avlodni tarbiyalash, bir-biriga yordam berish hislatlarini shakllantirish, mardlik va qat’iyatlilik fazilatlarini shakllantirish, Qurolli Kuchlar safida xizmat qilishga qiziqishlarini orttirishdan iboratdir.

Tadbirda tuman, shaxarlarda g’oliblikni qo’lga kiritgan 18 ta kasb-hunar  kollejlari o’quvchilari jamoalari  ishtirok etdi.

Jamoalar Nizom asosida 4 ta shart bo’yicha bellashdilar.

1-shart “ Tanishuv sharti”.

         2-shart “Jabrlanuvchiga birinchi tibbiy yordam ko’rsatish”.

3-shart “Safda qo’shiq aytish”.

         4-shart “Harbiy unvonlar va lavozimlarni bilish”.

         Tanlov yakuniga ko’ra

Qibray tumani energetika kasb-hunar kolleji o’quvchilari birinchi, Olmaliq shahar Konchilik kasb-hunar kolleji o’quvchilari ikkinchi, Bekobod shahar tibbiyot kolleji hamda Oqqo’rg’on ijtimoiy-iqtisodiyot va xizmat ko’rsatish kasb-hunar kollejlari o’quvchilari uchinchi o’rinni egalladilar.

Ishtirokchilar “Eng ahil jamoa”,“Eng quvnoq jamoa”,“Eng epchil qiz”,“Eng epchil yigit” nominasiyalar bo’yicha ham taqdirlandilar.

Tadbirda           Toshkent viloyati kasb-hunar ta’limi boshqarmasi boshlig’i v.vb Azimjon Xaldarbekov, O’zbekiston yoshlar ittifoqi  Toshkent viloyati Kengashi raisi o’rinbosari Murodjon Masaliev hamda Toshkent viloyati Mudoofaa ishlar boshqarmasi boshlig’i o’rinbosari  ishtirok etdi.

G’oliblar O’zbekiston yoshlar ittifoqi Toshkent viloyati Kengashi hamda Toshkent viloyati kasb-hunar ta’limi boshqarmasi tomonidan diplom va qimmatbaho sovg’alar bilan taqdirlandilar.

Mazkur tadbir Mudofaa vazirligining Vatanparvar studiyasi hamda Bunyodkor telekanali  tomonidan tasvirga olindi.