Домой / Без рубрики / “Milliy liboslar boyligimiz” mavzusida tadbir o’tkazildi.

“Milliy liboslar boyligimiz” mavzusida tadbir o’tkazildi.

    Toshkent viloyati kasb-hunar ta’limi boshqarmasi, viloyat xotin-qizlar qo’mitasi hamkorligida “Milliy liboslar boyligimiz” mavzusida tashkil etilgan tanlov o’quvchi va talaba qizlarning estetik didini o’stirish, milliy liboslarimizga qiziqishini oshirish, yoshlarda milliy qadriyatlarimizga hurmat tuyg’usini yuksaltirish maqsadida tadbirlarlar o’tkazilmoqda.
Viloyatdagi o’rta maxsus, kasb-hunar ta’limi muassasalarida dizaynerlik, chevarlik yo’nalishida kasb o’rganayotgan yoshlarni qo’llab-quvvatlash, milliy liboslarimizga zamonaviy ko’rinish berish, yoshlarda kiyinish madaniyatini yuksaltirish maqsadida o’tkazilgan tanlovda atlas, adras, beqasam singari matolardan tikilgan milliy liboslar xushbichimligi, o’ziga xosligi bilan barchada katta taassurot qoldirdi.
Tadbir davomida qizlarning kiyinish madaniyati va odobi mavzusida atroflicha fikr-mulohazalar bildirildi. Kollejlarda tashkil etilgan «Orasta qizlar» to’garagi faoliyati bilan yaqindan tanishildi.

Toshkent tumani qurilish va servis kasb-hunar kolleji

Zangiota oziq-ovqat kasb-hunar kolleji Zangiota tibbiyot kolleji

Toshkent viloyati kasb-hunar ta’limi boshqarmasi tasarrufidagi kasb-hunar kollejlari tadbirlaridan fotolavhalar