YANGILIKLAR
Домой / Без рубрики / “Mirzo Ulug‘bek vorislari” tanlovining Qibray tuman bosqichi g‘oliblari aniqlandi

“Mirzo Ulug‘bek vorislari” tanlovining Qibray tuman bosqichi g‘oliblari aniqlandi

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 18-yanvardagi “Iste’dodli yoshlarni qo‘llab-quvvatlash “Ulug‘bek” jamg‘armasi faoliyatini rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 30-sonli qarorida 2022-yildan boshlab har yili iqtidorli yoshlarni kashf qilish va ularni qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan “Mirzo Ulug‘bek vorislari” Respublika tanlovini o‘tkazish belgilangan.

Shunga asosan, 27-mart sanasida Qibray tumani Toshkent davlat Agrar universitetida “Mirzo Ulug‘bek vorislari” Respublika tanlovinining Qibray tuman bosqichi o‘tkazildi.

Mazkur tanlovning 1-bosqich natijalariga ko‘ra 5 nafar ishtirokchilar komissiya a’zolarining xulosasiga asosan tanlovning viloyat bosqichiga yo‘llanmani qo‘lga kiritishdi.

✅ Saydullayeva Madina Elyor qizi
✅ Sagdullayeva Sarvina Maxmudovna
✅ Sayfiddinova Saodat Dilmurod qizi
✅ Ahmadov Asadbek Bahodir o’g’li
✅ Rustamova Go‘zal Ismoiljon qizi