YANGILIKLAR
Домой / Без рубрики / “Namunali kasb-hunar kolleji ” ko’rgazmali seminar o’tkazildi.

“Namunali kasb-hunar kolleji ” ko’rgazmali seminar o’tkazildi.

Qo’yichirchiq transport  va xizmat ko’rsatish kasb-hunar kollejida  2018 yil 16 fevral kuni “Namunali kasb-hunar kolleji ” ko’rgazmali seminar o’tkazildi. Seminarda o’rta maxsus, kasb-hunar ta’limi muassasalari direktorlari va ularning o’rinbosarlari ishtiroq etdi. Seminar ishtirokchilari  Toshkent viloyati o’rta maxsus, kasb-hunar ta’limi tizimidagi kasb-hunar kollejlari o’quvchilarining eng yaxshi innovasion fikrlari tanloviga oid ijodiy ishlari ko’rgazmasi bilan tanishdilar, shu bilan birga ta’lim muassasining o’quv jarayoni va fan o’qituvchilarining ochiq darslari taqdimotlari bilan tanishdilar.
O’quvchilarining eng yaxshi innovasion fikrlari tanlovi g’oliblari Toshkent viloyati o’rta maxsus, kasb-hunar ta’limi boshqarmasi boshlig’i Nurullayev Abdulaziz Sirojiddinovich tomonidan “Fahriy yorliq”lar bilan taqdirlandi.