YANGILIKLAR
Домой / Без рубрики / Nurafshon shahrida xotira va qadrlash kuni munosabati bilan rasmiy tadbir bo’lib o’tdi.

Nurafshon shahrida xotira va qadrlash kuni munosabati bilan rasmiy tadbir bo’lib o’tdi.

Marosimda ikkinchi jahon urushi qatnashchilari, front orti faxriylari, viloyat hokimi, hokim o’rinbosarlari, shahar va tumanlar rahbarlari, aholi vakillari ishtirok etdi.
Dastlab, «Toshkent yo’li» ko’chasida joylashgan Motamsaro ona haykali poyiga gulchambar qo’yilib, hurmat bajo keltirildi.
So’ngra jangovor texnikalar ishtirokida, tantanavor musiqa jo’rligida harbiy parad o’tkazildi.
Yangi ish boshlagan amfiteatrda viloyat madaniyat boshqarmasi tomonidan tayyorlangan badiiy dastur namoyish etildi.
Kunning ikkinchi yarmida faxriylar muhtasham «Diyor» majmuasida bir piyola choy ustida suhbat qurdilar.

Manba: Toshkent viloyati hokimligi