YANGILIKLAR
Домой / Без рубрики / Toshkent tumani Maishiy xizmat va tadbirkorlik kasb-hunar kollejida «Barkamol avlod kelajak poydevori» shiori ostida tadbir o’tkazildi.

Toshkent tumani Maishiy xizmat va tadbirkorlik kasb-hunar kollejida «Barkamol avlod kelajak poydevori» shiori ostida tadbir o’tkazildi.

      Joriy yilning 27-aprel kuni Toshkent tumani Maishiy xizmat va tadbirkorlik kasb-hunar kollejining «Buxgalteriya hisobi» yo’nalishi guruhi «Barkamol avlod kelajak poydevori» shiori ostidagi haftalik dasturining sarhisob kunida, O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M.Mirziyoev rahbarligida 2019 yil 19 mart kunida o’tkazilgan videoselektor majlisining 12 — sonli bayonida qabul qilingan Yoshlar bilan ishlashni samarali tashkil etishda madaniyat, san’at, sport, axborot texnologiyalari, kitob o’qishga qiziqishini oshirish bo’yicha 5 ta muhim tashabbusni amalga oshirish maqsadida tadbir bo’lib o’tdi. Bu tadbirda 5 ta muhim tashabbusning barcha yo’nalishlari bo’yicha o’quvchilar tomonidan qiziqarli va o’yin tarzida yoritildi. Tadbir so’ngida g’oliblarga Yoshlar ittifoqi Toshkent tumani Kengashi tomonidan berilgan sovg’alar topshirildi.