YANGILIKLAR
Домой / Без рубрики / Toshkent viloyati kasbiy ta’limni rivojlanishiga yosh bo‘lishiga qaramasdan o‘zining jonkuyarligi, mehnatsevarligi va fidokorona mehnati bilan yuksak hissasini qo‘shgan Xaldarbekov Azim Karimjanovich shu yil 21-aprel kuni 35 yoshida vafot etdi

Toshkent viloyati kasbiy ta’limni rivojlanishiga yosh bo‘lishiga qaramasdan o‘zining jonkuyarligi, mehnatsevarligi va fidokorona mehnati bilan yuksak hissasini qo‘shgan Xaldarbekov Azim Karimjanovich shu yil 21-aprel kuni 35 yoshida vafot etdi

Azim Xaldarbekov 1985-yilda Toshkent shahrida tug‘ilgan. Toshkent davlat texnika hamda Toshkent axborot texnologiyalari universitetlarini tugatgan.

2006-yilda Toshkent viloyati o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi boshqarmasi yetakchi mutaxassis lavozimida mehnat faoliyatni boshlab, qator mas’ul lavozimlarda ishlab kelgan. Toshkent viloyati Piskent tumani hokimligi ijtimoiy-iqtisodiy masalalar bo‘yicha bosh mutaxassisi, Xalq ta’limi vazirligining Respublika tashxis markazi psixologi, O‘zbekiston Respublikasi Oliy va O‘rta maxsus ta’limi vazirligi O‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi Markazida bosh mutaxassisi, 2015-2018-yillarda Toshkent viloyati kasb-hunar ta’limi boshqarmasi boshlig‘ining o‘rinbosari, “GM Uzbekistan” Xodimlarni boshkaruvi direksiyasi Yoshlar bilan ishlash buyicha boshliq o‘rinbosari, Toshkent viloyati kasb-hunar ta’limi boshqarmasi boshlig‘i vazifasini vaqtincha boshqaruvchisi lavozimlarida faoliyat ko‘rsatgan.
Respublikada O‘rta maxsus kasb-hunar ta’limi tizimini rivojlanishiga yosh bo‘lishiga qaramasdan o‘zining jonkuyarligi, mehnatsevarligi va fidokorona mehnati bilan yuksak hissasini qo‘shganligini inobatga olib, “O‘zbekiston Respublikasi Mustaqilligining 25 yilligi” ko‘krak nishoni bilan munosib taqdirlangan.

Xaldarbekov Azim Karimjanovich, oilali, 2 nafar suyukli farzandlarning otasi bo‘lgan.
Shu munosabat bilan O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi, Toshkent viloyati hokimligi, Toshkent viloyati Kasbiy ta’limni rivojlantirish va muvofiqlashtirish hududiy boshqarmasi hamda viloyatdagi barcha kasb-hunar kollejlari rahbariyati va pedagogik jamoalari Azim Xaldarbekovning oila a’zolari va yaqinlariga o‘zlarining chuqur ta’ziyasini izhor qiladi.