YANGILIKLAR
Домой / Без рубрики / Yoshlar-korrupsiyaga qarshi

Yoshlar-korrupsiyaga qarshi

   2018 yilning oktyabr-dekabr oylarida barcha kasb-hunar ta’limi muassasalarida ijtimoiy-ma’naviy muhitni yanada sog’lomlashtirish maqsadida “Men shu aziz Vatan farzandiman!” shiori ostida turkum ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar o’tkazilmoqda.
Xar haftaning juma kunlari “Yurtim kelajagi uchun men ham mas’ulman” rukni ostida “Vatanim ostonamdan boshlanadi”, “Men buyuk yurt farzandiman” mavzularida ochiq darslar o’tkazilmoqda, hayotiy misollar orqali milliy, umuminsoniy qadriyatlar, vatanparvarlik, mehnatsevarlik va bilim olishning muhimligi haqida targ’ibot ishlari olib borilmoqda.
“Yoshlar-korrupsiyaga qarshi” mavzusida o’tkazilayotgan tadbirlarda o’quvchilar faol ishtirok etib faxrli o’rinlarni egallamoqdalar.
O’zbekiston Respublikasi adliya vazirligi tomonidan o’tkazilgan “Biz korrupsiyaga qarshimiz” megatanlovda “Eng yaxshi insho uchun” nominasiyasi bo’yicha Bekobod shahar yengil sanoat va maishiy xizmat kasb-hunar kollejining 3-bosqich o’quvchisi Mamadiyorova Xilola faxrli 2-o’rinni (sovg’a – Notebook), Navoiy davlat konchilik instituti Olmaliq akademik litseyi o’quvchisi Abduhakimova Mahliyo 3-o’rinni (sovg’a televizor) egalladilar hamda O’zbekiston respublikasi adliya vazirligi tomonidan qimmat baho sovg’a va diplomlar bilan taqdirlandilar.