“Kasbim faxrim” ko‘rik-tanlovi orqali yosh mutaxassislar bilim va mahoratini namoyish etdilar
2025-yil 15-may kuni Olmaliq kon-metallurgiya texnikumida 1-bosqich o‘quvchilari o‘rtasida “Kasbim faxrim” ko‘rik-tanlov bo‘lib o‘tdi. Ko’rik tanlovda 3-24 guruhi » Metallurgiya ishlab chiqarish krani» yo’nalishi o’quvchilari o’rtasida II Jamoaga bo’linib tashkil etildi;
1 – “Minorali kranlar”
2– “Greyfenlar”
Jamoalar o’zaro nazariy, amaliy bilim ko‘nikmalari, kasb mahorati va jamoaviy ishlash qobiliyatlarini namoyon etdilar.
Har bir jamoa qat’iy tayyorgarlik ko‘rgani, bilim va kasbga bo‘lgan mahoratini namoyish etdi.
Ko’rik tanlov yakunida hay’at a’zolari tomonidan berilgan ballar asosida “Minorali kranlar” jamoasi g‘olib deb topildi. 
Mazkur tadbir o‘quvchilarda tanlagan kasbiga nisbatan faxr va ishonch hissini yanada mustahkamladi, ularga kelajakda malakali mutaxassis bo‘lish yo‘lida katta motivatsiya berdi.
Toshkent viloyati OTFIB 

