«Kompetensiyalarga asoslangan vaziyatli o‘qitish metodikasi» bo‘yicha mintaqaviy treninglar davom etmoqda
O’zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim , fan va innovatsiyalar vazirligi tashabbusi bilan Toshkent viloyati Oliy ta’lim , fan va innovatsiyalar boshqarmasi va «Helvetas Swiss Intercooperation» ning O’zbekistondagi filiali tomonidan «O’zbekistonda kasbiy ta’lim islohotini qo’llab quvvatlash» loyihasi doirasida «Kompetensiyalarga asoslangan vaziyatli o’qitish » mavzusida Olmaliq kon metallurgiya texnikumida 9-11 iyun kunlariga mo’ljallangan navbatdagi 3-chi seminarning birinchi kuni bo’lib o’tdi.
Seminarni Toshkent viloyati Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar boshqarmasi bosh mutaxassisi Linora Gafarova va Olmaliq kon-metallurgiya texnikumi direktori Mansur Sattarov ochib berishdi.
Mazkur treninglar kasbiy ta’lim muassasalari o’qituvchilari uchun mo’ljallangan bo’lib, ushbu trening 2022–2024-yillarda VET4UZ loyihasi doirasida Shveytsariya Federal Kasbiy ta’lim universiteti (SFUVET) tomonidan tayyorlangan milliy trenerlar tomonidan olib borilmoqda.
Seminar trenerlari Professional ta’lim rivojlantirish instituti «Ta’limda boshqaruv » kafedrasi dotsenti Roziqova Nazokat, Bo’stonliq turizm va madaniy meros texnikumi o’qituvchisi Mahkamova Maftuna olib bordilar. Seminarda dars o’tish yangi metodik va usullari namoyish etildi hamda o’rgatildi.
Treningning asosiy mazmuni — real hayotiy va kasbiy vaziyatlarga asoslangan o‘qitish orqali, o‘quvchilarning amaliy bilim va ko‘nikmalarini shakllantirish, ya’ni kompetensiyalarga yo‘naltirilgan ta’lim modelini joriy etishdan iborat.
Eslatma: “Kompetensiyalarga asoslangan vaziyatli o‘qitish metodikasi” bo‘yicha 1-bosqich mintaqaviy treninglar 2025 yil 12-17 mayda o’z ishini boshlagan edi.
Toshkent viloyati OTFIB 



