YANGILIKLAR
Домой / Без рубрики / Toshkent viloyati Bo’stonliq tumani G’azalkent xizmat ko’rsatish kasb-hunar kolleji “Yilning eng yaxshi axborot-resurs markazi” Respublika ko’rik-tanlovida III o’rinni egalladi.

Toshkent viloyati Bo’stonliq tumani G’azalkent xizmat ko’rsatish kasb-hunar kolleji “Yilning eng yaxshi axborot-resurs markazi” Respublika ko’rik-tanlovida III o’rinni egalladi.

     O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M.Mirziyoyevning 2019 yil 19 martdagi videoselektorda “Ijtimoiy, ma’naviy-ma’rifiy sohalardagi ishlarni yangi tizim asosida yo’lga qo’yish bo’yicha” ilgari surilgan 5ta muhim tashabbus ijrosi yuzasidan, Oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligining Kasb-hunar ta’limi markazining ish rejasiga hamda 2019 yil 11 iyuldagi 358-sonli buyrug’iga asosan kasb-hunar ta’limi muassasalari tasarrufidagi Axborot-resurs markazlari faoliyatini yaxshilash, ularda kitobxon-o’quvchilar va aholiga xizmat ko’rsatishni yuqori darajaga ko’tarish, ta’lim muassasalari o’quvchilarini bilim manbai bo’lgan kitobni sevishga ishtiyoqini oshirish hamda eng yaxshi Axborot-resurs markazlarini aniqlash va ularning faoliyatini targ’ib qilish maqsadida 2019 yil 5-6 avgust kunlari Buhoro viloyati Buhoro neft va gaz sanoat kasb-hunar kollejida “Yilning eng yaxshi axborot-resurs markazi” ko’rik-tanlovining Respublika bosqichi o’tkazildi.

“Yilning eng yaxshi axborot-resurs markazi” Respublika ko’rik-tanlovida Toshkent viloyati Bo’stonliq tumani G’azalkent xizmat ko’rsatish kasb-hunar kollejining ARM rahbari Sevara Ruzbaeva faol ishtiroq etib, fahrli 3-chi o’rinni egalladi, diplom va qimmat baho sovg’alar bilan taqdirlandi. Bo’stonliq tumani G’azalkent xizmat ko’rsatish kasb-hunar kollejining direktori iqtisod fanlari nomzodi Sultanov Xikmatulla Xalmuratovich kollejni Axborot-resurs markazi faoliyatini rivojlantirish uchun o’z xissasini qo’shgan.

Toshkent viloyati kasb-hunar ta’limi boshqarmasining kasb-hunar ta’limini o’quv-metodik ta’minlash bo’lim boshlig’i Djampulatov Sobir Bazarkulovich boshchiligida viloyat Axborot-resurs markazlari ohirgi 5 yilda “Yilning eng yaxshi axborot-resurs markazi” Respublika ko’rik-tanlovlarida fahrli II va III o’rinlarni egallab kelmoqdalar.