YANGILIKLAR
Домой / Без рубрики / “Burgut” harbiy-sport musoboqasining viloyat bosqichi yakuniga yetdi.

“Burgut” harbiy-sport musoboqasining viloyat bosqichi yakuniga yetdi.

    Toshkent harbiy okrugida joylashgan harbiy qismlardan birida O‘zbekiston Mudofaa vazirligi, Yoshlar ittifoqi Toshkent viloyati Kengashi hamda Toshkent viloyati kasb-hunar ta’limi boshqarmasi bilan hamkorlikda akademik litsey va kasb-hunar kollejlari o‘quvchi-yoshlari o‘rtasida an’anaviy “Burgut” harbiy-sport musobaqasining viloyat bosqichi o‘tkazildi.
Tadbirda tuman va shaharlar hududiy bosqichidan viloyat bosqichiga chiqqan 8 ta kasb-hunar ta’limi kollejlari o‘quvchi-yoshlari ishtirok etdi.
Jamoalar tanlov davomida “Mohir mergan”, “To‘siqlardan oshib yugurish”, “Minalashtirilgan hududda harakatlanish”, “Maxfiy parollar bilan ishlash” kabi jami 9 ta shart bo‘yicha o‘zaro bellashdilar.
Yakuniy natijalarga ko‘ra, Oqqo‘rg‘on ijtimoiy-iqtisodiyot va xizmat ko‘rsatish kasb-hunar kollejining “Qalqon” jamoasi 1-o‘rinni qo‘lga kiritgan bo‘lsa, 2-o‘rin Qibray Energetika kasb-hunar kollejining “Qalqon” jamoasiga nasib etdi. Kuchli uchlikni Bekobod Dalvarzin maishiy xizmat ko‘rsatish kasb-hunar kollejining “Burgut” jamoasi yakunladi.
Bundan tashqari jamoalar quyidagi nominatsiyalar bo‘yicha ham taqdirlandilar:
• Eng tezkor jamoa;
• Eng kuchli jamoa;
• Eng jasoratli qiz bola;
• Eng jasoratli o‘g‘il bola.
Tadbir so‘ngida g‘olib va ishtirokchilar Mudofaa vazirligi, O‘zbekiston yoshlar ittifoqi Toshkent viloyati Kengashi hamda Toshkent viloyati kasb-hunar ta’limi boshqarmasi tomonidan diplom va qimmatbaho sovg‘alar bilan taqdirlandi.

Mudofaa vazirligi matbuot xizmati