YANGILIKLAR
Домой / Без рубрики / Shifokorlarimizga TASHAKKUR!

Shifokorlarimizga TASHAKKUR!

Hammamizga ma’lumki bugungi kunda butun dunyo bo‘yicha tarqalayotgan «Koronavirus»ni keng tarqalishini oldini olish yuzasidan Prezidentimizning shaxsan rahbarligi ostida juda katta ishlar olib borilmoda.

Pandemiya balosidan qutilishda barcha aholimiz birdek kurashmoqda, bu borada Shifokorlar mehnati tahsinga loyiq. Ayrim davlatlarda davolashdan bosh tortayotgan shifokorlar uchrab turganda, «Men kasalikka chalinganlarni davolashga bormoqchiman, qayerga uchrashishim kerak» deb so‘rayotgan shifokorlarimiz tahsinga loyiq!

Bugun biz ham chetda turmaymiz. Shu damda «HAMMAMIZ BIRGAMIZ» shiori ostida harakat qilsak albatta o‘zimizni samimiy hissamizni qo‘shgan bo‘lamiz. Yurtimizda «Koronavirus» bilan kurashishda jonu dili bilan, kunu tun mehnat qilayotgan SHIFOKORlarimizni qo‘llab quvatlaymiz.

Shifokorlarimizga avvalombor sog‘lik-salomatlik, oilaviy tinchlik va xotirjamlik tilaymiz, biz sizdan qarzdormiz, aziz Shifokorlar sizlarga TASHAKKUR!

Toshkent viloyati Kasbiy talimni rivojlantirish va muvofiqlashtirish hududiy boshqarmasi.