YANGILIKLAR
Домой / Без рубрики / Viloyatimiz shahar va tumanlaridagi yordamga muhtoj oilalarga 20 ming dona tibbiy niqob tarqatildi

Viloyatimiz shahar va tumanlaridagi yordamga muhtoj oilalarga 20 ming dona tibbiy niqob tarqatildi

Toshkent viloyati Kasbiy ta’limni rivojlantirish va muvofiqlashtirish hududiy boshqarmasi tashabbusi bilan viloyatning Angren shahri, Bustonliq, Qibray, Chinoz, Quyichirchiq, Piskent va Oqqo‘rg‘on tumanlaridagi kasb-hunar kollejlarining o‘quv ishlab chiqarish ustaxonalaridagi imkoniyatlardan foydalanib shu kunga qadar 20 ming dona niqoblarni tikib shahar va tumanlarimizda yashayotgan yordamga muhtoj oilalarga tarqatildi. Ushbu aksiya viloyatning barcha hududlarida amalga oshirilishi rejalashtirilmoqda. Xalqimizning salomatligini saqlash yo‘lida o‘zining hissasini qo‘shayotgan fidoiy insonlarga minnatdorchilik bildiramiz.