YANGILIKLAR
Домой / Без рубрики / Toshkent viloyati kasb-hunar ta’limi muassasalarining ma’naviy-ma’rifiy ishlari bo’yicha direktor o’rinbosarlarining An’anaviy avgust kengashi yig’ilishi o’tkazildi.

Toshkent viloyati kasb-hunar ta’limi muassasalarining ma’naviy-ma’rifiy ishlari bo’yicha direktor o’rinbosarlarining An’anaviy avgust kengashi yig’ilishi o’tkazildi.

       2018 yil 16 avgust kuni Toshkent viloyati Chinoz tumani Qurilish va iqtisodiyot kasb-hunar kollejida Toshkent viloyati kasb-hunar ta’limi muassasalarining ma’naviy-ma’rifiy ishlari bo’yicha direktor o’rinbosarlarining An’anaviy avgust kengashi yig’ilishi o’tkazildi.
Avgust kengashi yig’ilishida O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 25 yanvardagi “Umumiy o’rta, o’rta maxsus va kasb-hunar ta’limi tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to’g’risida”gi PF-5313-son farmoni hamda O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 3-fevraldagi “O’zbekiston Respublikasi Oliy va o’rta maxsus, kasb-hunar ta’limi markazi faoliyatini takomillashtirish to’g’risidagi PQ-3504-son qarorida kasb-hunar ta’limi soxasida kadrlar tayyorlash bo’yicha belgilangan vazifalarning ijrosini ta’minlash va 2017/2018 o’quv yilida ta’lim muassasalarida amalga oshirilgan ishlar taxlil qilindi.
O’quvchilar tomonidan innovasion g’oyalar asosida tayyorlangan ijodiy ishlar ko’rgazmasi namoyish etildi.
2017/2018 o’quv yilida samarali mehnat qilgan Ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo’yicha direktor o’rinbosarlari Oliy va o’rta maxsus, ta’lim vazirligining kasb-hunar ta’limi markazi va Toshkent viloyati kasb-hunar ta’limi boshqarmasining faxriy yorliq va esdalik sovg’alari bilan taqdirlandilar.
An’anaviy avgust kengashi yig’ilishida Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi, Xuquq tartibot idoralari, OAV lari vakillari hamda Toshkent viloyatidagi kasb-hunar ta’limi muassasalarining Ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo’yicha direktor o’rinbosarlari (127 nafar) ishtirok etdilar.
Shuningdek O’zbekiston Milliy dramma teatr akteri, O’zbekistonda xizmat ko’rsatgan artist Farxod Abdullaev, Xonanda Roxatoy Azizovalar qatnashdilar.