YANGILIKLAR
Домой / Без рубрики / «Yoshlar manaviyatini yuksaltirish, ularning bo’sh vaqtini mazmunli tashkil etish — ustivor vazifamiz» mavzusida manaviy — marifiy tadbir bo’lib o’tdi.

«Yoshlar manaviyatini yuksaltirish, ularning bo’sh vaqtini mazmunli tashkil etish — ustivor vazifamiz» mavzusida manaviy — marifiy tadbir bo’lib o’tdi.

   2019 yil 12 iyun kuni Qo’yichirchiq transport va xizmat ko’rsatish kasb-hunar kollejida O’zbekiston Respublikasi prezidenti Sh.Mirziyoev tomonidan belgilab berilgan 5 ta muhim tashabbus buyicha «Yoshlar manaviyatini yuksaltirish, ularning bo’sh vaqtini mazmunli tashkil etish — ustivor vazifamiz» mavzusida manaviy — marifiy tadbir bo’lib o’tdi.
Tadbirda Boshqarma boshlig’i A. Zakirov, S.Xamrokulova, Yangiyo’l, Oqqurg’on, Chinoz tuman kollejlari MMIBDO’ lari, Muqimiy musiqali drama teatri aktyorlari Turg`un Beknazarov, Otabek Xakberdiev, «O’zbek kino» milliy agentligi, «O’zbekfilm» kinostudiyasi aktyori Baxodir Murodov, «Ramz» film kinostudiyasi aktyorlari Jo’rabek Muxtorov, Farrux Muxtorov, «O’zbeknavo» estrada birlashmasi xonandasi Lobar Umarova, Toshkent viloyati Madaniyat boshqarmasi vakili Muzaffar Tursunov hamda Qo’yichirchiq tumani hokim o’rinbosari Gappor Shodmonov, maxalla raislari va faollari ishtiroq etdi.
Tuman Madaniyat uyi xonanda va aktyorlari ishtrok etdi.
Tadbirda 5 ta muhim tashabbus bo’yicha yangidan tashkil etilgan «Rassomchilik va dizayn», «Chehra» teatr va musiqa yoshlar tajriba studiyasi, «Ijodkor yoshlar», «Kitobxonlar», «Chaqqonlar» sport klublari va ular qoshida tashkil etilgan to’garaklar faoliyati bilan tanishildi.